Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos: Di Mariya - xavfli futbolchi, u jamoasiga hujumda ham himoyada ham yordam bera oladi

"Qirollik klubi" sardori Serhio Ramos jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan press-konferensiyada qatnashdi.

"PSJ"ning hakamlarga bosim o'tkazish haqida:

"PSJ" uchrashuv taqdirini hakamlar yordamida xal etishga muhtoj emas. Bu o'yin ikki katta klub o'rtasida yuzma-yuz bo'ladigan baxs. Va biz umid qilamiz, hakam o'z ishini a'lo darajada qiladi. Biz Brix na yordam berishini na xalaqit berishini xohlamaymiz."

"PSJ" bilan o'yin oldidan:

"Javob o'yinida biz dastlabki o'yinni o'ylamgan xolda maydonga tushishimiz kerak, bu hech narsani o'zgartirmaydi. Biz uchrashuvni o'z nazoratimizga olishimiz darkor, xuddi uyda o'ynagandek. Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor"

Dani Alvesning fikrlari haqida:

"Bernabeu"da biz keng ko'lamda ish olib bordik, javob o'yinida biz butun dunyoga "Madrid" nimalarga qodir ekanligini ko'rsatmoqchimiz".

Neymarning o'rnini Di Mariya egallashi haqida:

"Neymar - ajoyib futbolchi, ammo uni o'rnini kim egallashidan qat'iy nazar taktika o'zgarmaydi. Di Mariya - xavfli futbolchi, u jamoasiga hujumda ham himoyada ham yordam bera oladi".

BestMaster
6 Mart 2018, 17:09
ramos, mariya, xavfli, futbolchi, jamoasiga, hujumda, himoyada, yordam, bera, oladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Ramos biz senga ishonamiz bizni uyaltirma
6 Mart 2018, 22:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads