Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» klubining e'tiborga molik rekordlarini bilasizmi?

La-liganing 24-turidan o'rin olgan «Betis» - «Real» o'yini (3:5)da Marko Asensio tomonidan urilgan ikkinchi gol tarix varaqlariga alohida muhrlandi.

.
- Yuklab olish

La-liganing 24-turidan o'rin olgan «Betis» - «Real» o'yini (3:5)da Marko Asensio tomonidan urilgan ikkinchi gol tarix varaqlariga alohida muhrlandi.

Zero, shu bilan «Qirollik klubi»ning Ispaniya oliy divizionidagi gollari soni naq 6000taga etdi. Madridliklar yubiley - 6000-goldan keyin ham «Betis» darvozasini yana 2 bora ishg'ol qilishdi.

Xullas, La-ligada 1928 yildan buyon qatnashayotgan «Real» milliy chempionatda 6000ta gol marrasidan o'tgan birinchi jamoa bo'ldi. Poytaxt klubining avvalgi yubiley gollari mualliflari ham ma'lum:

1000-gol: Paino (1950 yil 5 noyabr, «Atletik» darvozasiga)

1-1000-gollar oralig'i: 22 yil

2000-gol: Pako Xento (1963 yil 10 noyabr, «Pontevedra» darvozasiga)

1001-2000-gollar oralig'i: 13 yil

3000-gol: Xuan Gomes (1982 yil 20 yanvar, «Salamanka» darvozasiga)

2001-3000-gollar oralig'i: 19 yil

4000-gol: Ivan Samorano (1994 yil 22 dekabr, «Valyadolid» darvozasiga)

3001-4000-gollar oralig'i: 12 yil

5000-gol: Guti (2008 yil 14 sentyabr, «Numansiya» darvozasiga)

4001-5000-gollar oralig'i: 14 yil

6000-gol: Marko Asensio (2018 yil 18 fevral)

5001-6000-gollar oralig'i: 10 yil

Qo'shimcha qilish joiz, «Real»ning chempionatdagi 4500-goli afsonaviy Raul nomiga yozilgan. Hozirgi yulduzlardan biri - Luka Modrich esa 5500-gol muallifiga aylangan.

Umuman olganda, zamonaviy «Madrid» mahsuldorlik darajasini shu qadar oshirdiki, oxirgi 1000ta golga atigi 10 yildan kamroq vaqt sarfladi.

Yana bir fakt shuki, bunda Krishtianu Ronalduning ulushi juda katta. Ya'ni 1000ta goldan naq 296tasi aynan portugaliyalik yulduz hisobiga yozildi.

Xullas, shu ajoyib ko'rsatkich bahona soccer.ru sayti ma'lumotlari asosida «qaymoqranglilar»ga tegishli bir qator eng zo'r rekordlar bilan tanishtirishni lozim topdik.

«Real» - eng ko'p chempion bo'lgan klub: 33 marta

Oxirgi yillarda Ispaniya oliy divizionida «Barselona» ancha omadli ishtirok etmoqda, biroq eng sovrindor klub maqomi hamon «Real»ga tegishli. Poytaxtliklar ichki birinchilikda naq 33 marta oltin medal yutishgan.

Kataloniyaliklar esa «atigi» 24 bora taxtga chiqishgan. «Qaymoqranglilar» shuningdek, 2 marta ketma-ket 5 bora chempion bo'lib, bunday seriya bo'yicha ham Ispaniya ligasi rekordini o'rnatishgan: 1960|1961-1964|1965 va 1985|1986-1989|1990 yillar mavsumida.

«Real» - bitta mavsumda eng ko'p g'alaba qozongan klub - 32ta

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
5 Mart 2018, 00:49
«real, madrid», klubining, etiborga, molik, rekordlarini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Zofik  
Realga gap yo'q!
5 Mart 2018, 12:43
 NICK  
HALA MADRID!!!!!!!!!
5 Mart 2018, 15:03
pepe
 pepe  
Gollasoga gap yo'q
5 Mart 2018, 17:05
 Xidira  
Super super statistika va yana super
5 Mart 2018, 20:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads