Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Beyl va Ronaldu «Real»ga g'alaba taqdim etdi

Ispaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan “Real” – “Xetafe” uchrashuvi yakuniga etdi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g'alabada qozonishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan “Real” – “Xetafe” uchrashuvi yakuniga etdi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g'alabada qozonishdi.

Dastlab, 24-daqiqada Garet Beyl raqib jarima maydonchasida bo'sh qolib ketib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi. Birinchi bo'lim so'nggida esa Krishtianu Ronaldu ham o'z imkoniyatidan to'g'ri foydalanib, ikkinchi golini urish bilan birga primerodagi 300-yubiley goliga ham mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'limning 47-daqiqasidan so'ng mehmonlar 10 kishi bo'lib o'ynashga majbur bo'lishdi. O'yin davomida Nachoning yuzi bilan o'ynashgan Loik Remi ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Shunday bo'lsada, Navas darvozasidan bugun gol olib chiqdi. Nacho yakkama-yakka chiqib ketgan raqib futbolchisini jarima maydonchasida orqadan chalib yiqitdi va jamoasiga penalti ishlab berdi. Portilo esa 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni qisqartirdi.

“Qirollik klubi”  tezkorlik bilan qarshi hujumda gol urishga erishdi, lekin bu vaziyatda Ronalduning goli hisobga olinmadi. Hakam Benzemaning bu vaziyatda himoyachiga qo'pollik ishlatganini payqab qoldi.

O'yinning kulminatsion daqiqalari 75-daqiqadan so'ng kuzatildi. Marseloning chap tomondan oshirib bergan to'pini Ronaldu bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi va darhol o'rnini Asensioga bo'shatib berdi.

Shu tariqa, bugun “qirollik klubi” o'z maydonida Beylning chiroyli goli va Ronalduning dubli evaziga muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Ispaniya chempionati, 27-tur.

Real Madrid – Xetafe 3:1.

Gollar: 1:0 – 24 Beyl, 2:0 – 45 Ronaldu, 2:1 – 65, penalti Portilo, 3:1 – 78 Ronaldu.

Real Madrid – Navas, Nacho, Teo (Marselo, 65), Karvaxal, Ramos, Kazemiro, Lorente (Kovachich, 79), Isko, Beyl, Ronaldu (Asensio, 79), Benzema.

Xetafe – Martines, Dakonam, Antunesh, Suares, Bruno Gonsales, Portilo (Pacheko, 86), Arambarri, Mora (Sibasaki, 59), Fajr, Remi, Anxel (Molina, 56).

Ogohlantirishlar: Remi (25), Nacho (34), Portilo (53).

Chetlatish: Remi (47).

BestMaster
4 Mart 2018, 02:49
liga, beyl, ronaldu, «real»ga, galaba, taqdim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads