Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Murabbiy: "Neymar jahon chempionatiga tayyor bo'ladi"

Braziliya terma jamoasining jismoniy tayorgarlik bo'yicha murabbiyi Fabio Maxserejyan "PSJ" hujumchisi Neymarning JCh-2018 musobaqasining birinchi uchrashuviga tayyor bo'lishini aytdi

.
- Yuklab olish

Braziliya terma jamoasining jismoniy tayorgarlik bo'yicha murabbiyi Fabio Maxserejyan "PSJ" hujumchisi Neymarning JCh-2018 musobaqasining birinchi uchrashuviga tayyor bo'lishini aytdi

"Neymarning JCh-2018 musobaqasi birinchi o'yiniga tayyor bo'lishiga ishonaman. Birinchidan, u o'zi haqida qayg'uradigan atlet. Buning ustiga har kuni fizioterapevt va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy uning atrofida parvona. Ikkinchidan, Neymar ortiqcha vazn to'plamaydi, unda bunday muammo yo'q. Uchinchidan, u yosh va futbol o'ynashga chanqoq. Bularning hammasi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini osonlashtiradi. Buning uchun unda etarli vaqt bor", - deydi Maxserejyan.

Neymar Frantsiya chempionatining 27-turida "Marsel"ga qarshi o'yinda jarohat olib uch oyga safdan chiqqan edi.

JCh-2018 da Braziliya termasi birinchi o'yinni 17 iyun kuni Rostov-Don shahrida Shveytsariyaga qarshi o'tkazadi.

BestMaster
2 Mart 2018, 13:00
murabbiy, neymar, jahon, chempionatiga, tayyor, boladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Сантяго  
Rma.uz!!! Haqiqiy madritistlar sayti! Kirilar!
2 Mart 2018, 15:07
 odilcr7  
Sening joying real
2 Mart 2018, 20:55
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads