Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Mag'lubiyatdan qattiq ranjidim»

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Espanol”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Espanol”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Jamoaga g'alaba qozonishi uchun nima etmadi?

– Biroz omad etishmadi deb o'ylayman. Birinchi bo'limni yaxshi boshlay oldik. Bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda o'z o'yimizni ko'rsata olmadik.

Nima uchun ikkinchi bo'limdagi o'yin yomonlashib ketdi?

– Futbolni tushunish qiyin. Ba'zida, omadsiz vaziyatlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Ketma-ket beshta omadli o'yindan so'ng yaxshi natijamizni afsuski, takrorlay olmadik.

“Real” mag'lubiyatga loyiq edimi?

– Biz bugun mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Mag'lubiyat juda ham ko'nglimni og'ritdi. “Espanol”da gol urishi uchun imkoniyatlari kam bo'ldi. Bu juda ham yomon natija”, - dedi Zidan.

BestMaster
28 Fevral 2018, 03:49
zidan, «maglubiyatdan, qattiq, ranjidim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
ferinand
 ferinand  
Ex afsus
28 Fevral 2018, 08:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads