Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Kataloniyada mag'lub bo'ldi

Ispaniya La ligasining 26-turiga start berildi. Turni ochib beruvchi bahsda kutilmagan hisob qayd etildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 26-turiga start berildi. Turni ochib beruvchi bahsda kutilmagan hisob qayd etildi. "Real" Kataloniyada "Espanol" mehmoni bo'ldi va so'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lubiyatini alamini tortdi.

Zidan mazkur o'yinda Ronaldu, Kazemiro, Karvaxal, Marselo va Benzemaga dam berishga qaror qildi. Shu bois bo'lsa kerak, Kike Sanches Flores shogirdlari nomdor raqibga qarshi o'yinda ustunlikka ega bo'lishdi. Hattoki, birinchi bo'limda mezbonlar hisobni ochishgandi, ammo noto'g'ri qayd etilgan ofsayd  tufayli toza gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo'limda ham to'p nazorati kataloniyaliklar tomonida bo'ldi. "Real" so'nggi daqiqalarda tavakkal qilib oldinga tashlandi, ammo qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida "Espanol" raqibni jazoladi. Xerard Moreno tomonidan berilgan zarba natijasida to'p Varanga  tegib, rekoshet orqali to'rga borib tushdi.

Shu tariqa, "Real Madrid" muhim ochkolardan mahrum bo'ldi va endi etakchi "Barselona"dan 17 ochko ortda qolib ketishi mumkin.

La liga, 26-tur
Espanol – Real Madrid 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Moreno.
Espanol – Lopes, Duarte, Karikol, Mark Navarro, Lopes Silva, Darder, Sanches, Sanches (Granero, 70), Pyatti (Baptistao, 79), Garsiya, Moreno.
Real Madrid – Navas, Ramos, Nacho, Xakimi, Varan, Isko (Benzema, 69), Vaskes, Asensio, Lorente, Beyl (Sebalos, 81), Kovachich (Mayoral, 89).
Ogohlantirishlar: Beyl (37), Karikol (81).

BestMaster
28 Fevral 2018, 01:59
liga, «real», kataloniyada, maglub, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 alyosha  
Kor bolsin
28 Fevral 2018, 02:20
 alyosha  
Isko bolsa yana yutkazaveradi
28 Fevral 2018, 02:21
 alyosha  
R.K.M.M.K orinlari bilinyapti
28 Fevral 2018, 02:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads