Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi o'quvchilari «Yuventus»nikidan ikki marta ko'proq

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun «Yuventus» tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko'proq odam kuzatib boradi. 

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun «Yuventus» tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko'proq odam kuzatib boradi. Bunda gap Twitter, Instagram hamda Facebook tarmoqlarining umumiy ko'rsatkichi haqida boradi.

Portugaliyalik hujumchining uchta tarmoqdagi umumiy kuzatuvchilari 270 million kishini tashkil qiladi, deb ma'lumot bergan CupoNation kompaniyasi. «Yuventus» asosiy tarkibiga kiruvchi 26 nafar futbolchining umumiy o'quvchilari soni esa 117 millionga teng.

Turinliklar sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh qolgan jamoadoshlaridan ilgarilab ketgan — 30 million o'quvchi. Braziliyalik futbolchi bu borada Krishtianudan 9 marta ortda qolib ketgan.

«Real»ning barcha futbolchilarini umumiy 743 million kishi kuzatib boradi. Bu «Yuventus» ko'rsatkichlaridan 6 marta yaxshiroq deganidir.

3 iyun kuni «Real» va «Yuventus» klublari Chempionlar ligasining finalida o'zaro to'qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

BestMaster
2 Iyun 2017, 11:14
ronalduning, ijtimoiy, tarmoqlardagi, oquvchilari, «yuventus»nikidan, ikki, marta, koproq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads