Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Levandovski xaridida Xamesdan foydalanmoqchi

Madridning “Real” klubi yozda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish haqida reja tuzmoqda.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi yozda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish haqida reja tuzmoqda.

29 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni istamayapti va faoliyatini “Real”da davom ettirishga oshiqmoqda.

Levandovskining transfer narxi esa 150 million evroga baholanmoqda va madridliklar narxni pasaytirish uchun Levandovski xaridiga Xames Rodriges transferini aralashtirishmoqchi.

“Bavariya”da ijara asosida o'ynayotgan Xames Germaniyada uzoq vaqt qolishini aytib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, germaniyaliklar Kolumbiya terma jamoasi a'zosini “Real”dan 13 million evro evaziga ikki mavsum uchun ijaraga olishgan. Kelishuvda “Bavariya” Rodrigesni 42 million evro evaziga sotib olish bandi ham kiritib o'tilgan. «Bavariya» esa aynan shu kelishuvni amalga oshirishga yaqin turibdi.

BestMaster
26 Fevral 2018, 22:19
«real», levandovski, xaridida, xamesdan, foydalanmoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads