Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. BBC triosining gollari «Real»ning g'alabasini ta'minladi

Madridning "Real" klubi hozirda yuqori formaga kirib olganini isbotlashda davom etmoqda.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi hozirda yuqori formaga kirib olganini isbotlashda davom etmoqda. "Qirollik klubi" La liganing 25-turi doirasida o'z maydonida "Alaves"ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda jamoalar nisbatan ochiq o'yin namoyish qilishdi. "Qaymoqranglilar"ning imkoniyatlarga ega bo'lgani tabiiy holat, ammo, kutilmaganda, mehmonlar ham tanaffusga qadar ko'pgina vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq ulardan foydalanishda "Alaves" futbolchilariga mahorat etishmadi.

Taym tugashiga arafasida Benzema raqib jarima maydonchasi ichida to'pni egalladi va tovoni bilan o'z ortida turgan Ronalduga etkazdi. Krishtianu chap oyoqda aniq zarba bilan darvoza burchagini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'limning starti madridliklar uchun omadli keldi. Benzema maydon markazida to'pni mehmon futbolchisidan olib qo'ydi va qarshi hujumga asos soldi. Uning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasiga kirib borib, yaqin burchakka to'pni joyladi.

Bahsning 61-daqiqasida Vaskesning uzatmasidan keyin Ronaldu jamoasining uchinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. O'yin so'ngida esa mezbonlar penalti ishlashdi. Kutilmaganda, Krishtianu 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini Benzemaga berdi. Uchrashuv davomida ko'p vaziyatlardan foydalana olmagan Karim, bu safar raqib darvozasini zabt etishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 51taga etkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Real Madrid – Alaves 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 44 Ronaldu, 2:0 – 46 Beyl, 3:0 – 61 Ronaldu, 4:0 – 89, penalti Benzema.
Real Madrid – Navas, Nacho, Teo, Karvaxal, Varan, Vaskes, Kazemiro (Lorente, 80), Kovachich (Sebalos, 73), Beyl, Benzema, Ronaldu.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ruano, Eli, Torres, Manu Garsiya (Medran, 63), Pedrasa (Ibai Gomes, 62), Peres, Gvidetti (Burgi, 74), Sobrino.
Ogohlantirishlar: Peres (5), Sobrino (20), Lorente (82).

BestMaster
24 Fevral 2018, 22:29
liga, triosining, gollari, «real»ning, galabasini, taminladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 odilcr7  
Bbc shu erga kelib ochildi.psj ohista yur bbc boradur. Kimgadur yoqar barsa. Kim arsenal shaydosi. Men nasaf a'lo. Realni yuq bahosi.
24 Fevral 2018, 22:52
 nozimcr7  
soladi
25 Fevral 2018, 09:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads