Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Shohona oraliq yoxud Ronalduning fantastik natijasiga e'tibor qarating!

Portugaliya futboli javohiri Krishtianu Ronalduga yana bir bora katta tasanno!

.
- Yuklab olish

OXIRGI 12ta O'YINDAN 11tasida GOL - 21ta!

Portugaliya futboli javohiri Krishtianu Ronalduga yana bir bora katta tasanno!

U Evropa Chempionlar Ligasi tarixida bitta klub libosida 100ta gol marrasidan o'tgan birinchi futbolchi bo'ldi. «Real Madrid» bosh to'purarining ayniqsa, turnir doirasidagi oxirgi 12ta o'yinga bog'liq statistikasi hayratlanarli: 2ta «xet-trik», 6ta «dubl» va 3ta 1talik gol.

Xullas, jami 21ta! Boshqacha ifoda etsak, Ronaldu shu oraliqdagi 1ta o'yinda o'rtacha hisobda 1,75tadan gol urdi! Tushunarliki, bu ChLdek shohona turnir uchun fantastik ko'rsatkich. Diqqatga sazovor tomoni, «Qirollik klubi»ning chin «qiroli» oxirgi 12ta o'yinning atigi 1tasida gol quvonchini tuymadi, xolos.

Umuman olganda, uning Evropa klub futbolining asosiy musobaqasidagi golli seriyasi 8ta o'yinga etdi. Eslatish joiz, Krishtianu o'ziga xos shohona oraliqni ChL-2016|2017 chorak finalida boshlagandi. Portagaliyalik futbolchi o'shanda «Bavariya» darvozasiga 5ta gol urib (2ta o'yinda), madridliklarni keyingi raundga boshladi.

Final chiptasi uchun «Atletiko»ga qarshi olishuvda esa yana 3ta gol urdi, hal qiluvchi o'yinda esa «Yuventus» darvozasini ikki bora nishonga oldi.

Keyin yangi mavsum hisobidan guruh bosqichidagi 6ta uchrashuvda ham o'z nomiga gol yozib, bunday natijaga erishgan ilk futbolchi maqomini oldi. Mana, kechagina «PSJ» bilan o'yinda ham «dubl» qayd etib, ChLdagi jami gollari sonini 116taga etkazdi.

ChL: Ronalduning oxirgi 12ta o'yiniga doir faktlar

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
24 Fevral 2018, 00:40
shohona, oraliq, yoxud, ronalduning, fantastik, natijasiga, etibor, qarating!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 baxitjan1301  
Portugaliya futboli javohiri Krishtianu Ronalduga yana bir bora katta tasanno!
24 Fevral 2018, 10:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads