Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Allegri: "Bu uch yil ichida EChLdagi ikkinchi finalimiz, bu safar sovringa ega bo'lishimiz kerak" (intervyu)

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL finalida "Real" bilan uchrashuv oldidan intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL finalida "Real" bilan uchrashuv oldidan intervyu berdi.

- Jamoa eski taktika bilan rivojlana olmasligini bilgach, 4-2-3-1 sxemasi kallamga keldi. Men futbolchilarimning imkoniyatlarini chamalab, ularni o'zlari yoqtirgan chiziqlarga qo'ydim. Men jamoa ishtiyoq bilan hujum uyushtirishiga sharoit yaratdim.

Bu qaror menga ko'p foyda keltirdi: futbolchilar o'z o'yinlaridan ko'proq zavq ola boshladilar. Ularning bor kuchlarini sarflashlari ko'rinib qoldi. Aynan shunday vaziyatlar hal qiluvchi bo'ldi. Ko'proq hujumkor o'yinchilar va muvozanatli himoya - g'alabalar asosi bo'ldi.

- Siz uchun nimaning evaziga bu mavsum omadli keldi?

- Birinchi o'rinda A seriyadagi ajoyib jamoalar - "Roma" va "Napoli" bilan raqobat. BU narsa bizga chempionlar ligasi finaligacha chiqishimizga sabab bo'ldi. Chunki biz diqqatimizni susaytirmadik, har bir o'yinga e'tibor qaratdik.

Agar kontsentratsiya doim yuqori saviyada bo'lmasa, ma'lum davrlarda nimaninidir yo'qotasiz va mag'lubiyatga uchrashingiz mumkin.

- 2015 yildagi omadsiz final sizga nimanidir o'rgatdimi?

- Har bir kun nimagadir o'rgatadi, chempionlar ligasi finali esa aniq. Faqat tanlanganlargina bu sovrinni boshi uzra ko'taradilar. Bu har yili ham bo'lavermaydi.

Biz oxirgi yilda bir marta finalda o'ynaganmiz, endi ikkinchisini o'ynaymiz. Bu safar sovrinni qo'lga kiritishimiz kerak", - deydi Allegri.

BestMaster
2 Iyun 2017, 02:59
allegri, ichida, echldagi, ikkinchi, finalimiz, safar, sovringa, bolishimiz, kerak, intervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads