Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Dani Sebalyosning Zidan tomonidan "kaltaklanishi"

Kechagi Madridning "Real" klubi ko'rsatgan o'yin biroz ko'nglimizni yoritgan bo'lsada uchrashuv yakunidagi hodisa ko'pchilikni g'azablantirdi.

Uchrashuv yakuniga yetishiga sanoqli daqiqalar qolgan fransiyalik mutaxasis anchadan beri maydonda ko'rinishi bermayotgan futbolchi Dani Sebalyosni maydonga tushirdi. Ko'rib ulgurganingizdek Sebalyos maydonga tushdi va 29 soniya harakat qildi, xa Zidan tomonidan "kaltaklandi" (aslida kamsitildi desak to'g'ri bo'ladi). Yosh futbolchi Madridga hech bo'lmaganda 29 o'yinda maydonga tushish umidida kelgan. "Liverpul", "Barselona" va "Yuventus" takliflarini rad etib Madridga otlangan futbolchi bu mavsumda 7 ta (La Ligada) o'yinda maydonga tushdi.

Shu uchrashuvlarda jami 181 daqiqa harakat qildi va 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Qirollik klubi" tarkibida debyut o'yinidayoq 2 ta to'p kiritib "Alaves" (1:2) ustidan muhim g'alaba qozonishga sababchi bo'lgan futbolchining porlash davrining boshi ham oxiri ham o'sha o'yin bo'ldi.

Albatta, Ispaniya kelajagi deya qaralayotgan futbolchining kelajagi qanday kechishi ispaniyalik mutaxasislarni tashvishga solmoqda.

BestMaster
22 Fevral 2018, 23:00
sebalyosning, zidan, tomonidan, kaltaklanishi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads