Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua: «Peres menga emas, agentimga qo'ng'iroqqiladi»

«Chelsi» klubi darvozaboni Tibo Kurtua hozirgi jamoasida baxtli ekanligi, ammo «Real» klubiga o'tish uchun tayyorligini bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Chelsi» klubi darvozaboni Tibo Kurtua hozirgi jamoasida baxtli ekanligi, ammo «Real» klubiga o'tish uchun tayyorligini bildirdi. Ushbu mavsum davomida «Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtuaning yozda «Real» jamoasiga o'tishi haqidagi gaplar tarqaldi.

Futbolchining o'zi esa bir necha marotaba «Chelsi» jamoasida hamma narsa qoniqtirayotgani, ammo kelajagi borasida ham o'ylamoqda.

«Mening qalbim Madrid shahrida deganimda ko'pchilik meni noto'g'ri tushundi. Biroq Ispaniya poytaxtida mening ikki farzandim qolishgan va ular bilan masofada qolish oson emas.

Ayni damda men o'z kelajagim borasida bir qarorga kelganim yo'q. «Chelsi» jamoasi bilan mening yana bir yillik shartnomam mavjud va bu erda juda xursandman. Mening bu erga ilk kelganimdan boshlab ishonch bildirishgan va buni hech qachon unutmayman.

Florentino Peres menga qo'ng'iroq qiladi deb o'ylamayman. U mening agentim bilan gaplashadi va uning taklifini eshitib ko'radi», - deydi Kurtua.

BestMaster
22 Fevral 2018, 18:20
kurtua, «peres, menga, emas, agentimga, qongiroqqiladi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads