Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peres “Real”ni yozda butunlay yangilamoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar uchun 600 mln evro mablag' ajratgan.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar uchun 600 mln evro mablag' ajratgan. Bu albatta klub bilan xayrlashadigan futbolchilar transferi ortidagi summadan tashqari...

Xo'sh, sezilarli darajada yangilanishni rejalashtirayotgan “Real” Madrid klubi aynan kimlarni ko'z ostiga olgan? Quyida madridliklar jiddiy qiziqayotgan, “sovchilik” tadorigini ko'rib qo'ygan futbolchilar bilan batafsil tanishasiz.

Darvozabonlardan David de Xea yoki Tibo Kurtua

Darvoza chizig'i haqida jiddiy qayg'urayotgan bo'lishiga qaramay madridliklar uchun 130 mln evro og'ir kelyapti. Shuning uchun “Manchester Yunayted” darvozabonidan ko'ra Kurtaning varianti real ko'rinmoqda. Birinchidan, Kurtuaning tovon puli 100 mln evro. Ikkinchidan, de Xea singari ulkan maosh so'raydigan o'yinchilardan emas. Eng asosiysi esa, Kurtuaning o'zida ham Madrid klubiga o'tish uchun moyillik bor.

Tobi Alderveyreld. Bir paytlar “Atletiko”ning formasini kiygan Tobi shu kunlarda “Real Madrid” mutasaddilarini qiziqtirib qo'ygan. Shuningdek, “Chelsi”da Kontening nazaridan tushib borayotgan David Luiz ham madridliklarning e'tiborida turibdi. Ayni paytda ulsrning har ikkalasining narxi 30 mln evro.

“PSJ” tarkibida 22 ta match o'tkazgan Markinosning transferi “Qirollik klubi” uchun 80 mln evroga tushishi mumkin. 23 yashar ximoyachi “Real”ning asosiy transferlari ro'yxatining boshida turibdi.

Interda faoliyatini yuritayotgan slovakiyalik Milan Shkrinyar va Myunxenning “Bavariya”si qanot o'yinchisi David Alabalar ham madridliklar uchun kerak bo'lib qolgan. Alaba va Shkrinyarlarning narxi naq 65 mln evroga baholangan.

Evropa futbolidagi eng hayajonli o'yini biln dong taratayotgan Kristian Pulishich uchun 100 mln evro madridliklarrejasiga kiritilgan bo'lsa, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol pogba uchun 120 mln evro berishga tayyor.

Nihoyat hujum chizig'i

Eden Azar uchun 135 mln evro bermoqchi ekanini bildirgan “Real”dan aristokratlar Azar uchun 110 mln evro va Garet Beylni so'ragan. Shuningdek “Tottenxem”ning yulduzi Harri Keyn uchun qaymoqranglilar 200 mln evro berishmoqchi. Eng qizig'i shundaki, mabodo Keyn Madridga ko'chib o'tgudek bo'lsa, unda “Real” Neymarning transferidan voz kechmoqchi. Mabodo Azar xohish bildirmasa unda “Real”ning Keynga qiziqishi ham sarhad ostiga olinib, Azar va Keyn juftligi o'rniga Neymar va Muhammad Salohning variantini ko'rib chiqishmoqchi. Real”ning asosiy nishonlaridan bo'lib turga Saloh uchun madridliklar 200 mln berishga tayyor ekanligini bildirgan.

Shuningdek, mabodo Saloh yoki Keyn varianti ham o'xshamay qolsa, unda “Real” jamoaga Robert Levandovskiyni olib kelishi mumkin. Biro “Qirollik klubi” polshalik forvard uchun 70 mln evrodan ziyod bermoqchi emas.

“Real Madrid”ning eng asosiy nishoni esa, albatta, Neymar... 300 mln evro...

BestMaster
22 Fevral 2018, 12:40
peres, “real”ni, yozda, butunlay, yangilamoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
Beyl_11
 Beyl_11  
Bu ertega kim ishonardi
22 Fevral 2018, 14:35
 nozimcr7  
hammasi yolģon
23 Fevral 2018, 09:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads