Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos "Real" safida 550-rasmiy uchrashuvini o'tkazdi

"Qirollik klubi" sardori Serhio Ramos kecha "Leganes"ga qarshi (3:1) uchrashuvda g'alaba qozongan holda "Real" libosidagi o'zining 550-rasmiy uchrashuvini o'tkazdi.

Andalusiyalik futbolchi bu bilan "Real" safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan 10-futbolchiga aylandi. Ramos 550 uchrashuvdan 382 tasini La Ligada, 109 tasini Chempionlar ligasida, 40 tasini Qirol kubogida, 12 tasini Ispaniya superkubogida, 4 tasini klublararo mundial va yana 3 tasini Yevropa superkubogi bahslarida o'tkazgan. Himoyachi mazkur uchrashuvlar davomida o'z nomiga 72 ta gol yozdirib qo'ygan.

"Real" rahbari Florentino Peres kecha yubiley bahsini o'tkazgan jamoa sardoriga esdalik uchun 550 raqami tushirilgan jamoa futbolkasini taqdim etdi.

RealBlancos

BestMaster
22 Fevral 2018, 08:40
ramos, real, safida, 550-rasmiy, uchrashuvini, otkazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads