Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Final oldidan "Madrid" uchun 5 ta "qopqon"

Tarix "Real" foydasiga emas.

Chempionlar Ligasini hech kim ketma-ket yuta olmagan

Dastlabki "qopqon" - dubl. Hozirgacha hech bir jamoa Chempionlar Ligasini ketma-ket ikki marotaba yutmagan. 4 ta jamoa bu xolatga juda yaqin kelgan edi, ammo bu "missiyani" oxirigacha bajara olmagan. 1993/94-yilda "Milan" finalda "Barselona"ni mag'lub etdi, ammo keyingi mavsum finalda "Ayaks"ga finalda yutqazib qo'ydi.

"Ayaks" esa o'z navbatida keyingi mavsum 1995/96-yilgi mavsumda finalda yana to'p surdi, ammo "Yuventus" to'sig'idan o'ta olmagan edi. "Keksa senyora" ham 1996-yilgi finaldan so'ng 1997-yil ham bu turnirning final bosqichida "Borussiya" Dortmundga qarshi maydonda saf tortdi, ammo Dortmundliklar finalda "Yuve"ni taslim etishni uddalashdi.

Oradan 11 yil o'tib "Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi. "Qizil iblis"lar Moskvadagi finalda "Chelsi"ni mag'lub etishdi va oradan bir yil o'tib yana finalga yo'l olishdi. Ammo Rimdagi finalda "Barselona" "MYU"ning ketma-ket ikki marta CHL yutish umididan mahrum etgan edi.

Lanatlangan "eks"lar

Sobiq "Real" futbolchilar Gonsalo Iguain va Sami Xedira Zinedin Zidan jamoasi uchun finalda yaxshigina bosh og'riq bo'lishi mumkin. Aynan ular 2014/15-yilgi mavsumda Alvaro Morataga qilgan ishni qilishi mumkin. Morata "Real"ga qarshi ikkala o'yinda ham to'p kiritib "Real"ni turnirdan chiqarib yuborgan edi. Lekin ungacha yana bir ispan - Morientes degan shaxs ham "Real"ni ko'p narsadan mahrum etgan. Fernando 2003/04-mavsumda "Monako" tarkibida Chempionlar Ligasi 1/4 final uchrashuvida "Madrid" bilan to'qnash kelgan edi. Morientes Madridda ham Monakodan ham bittadan to'p kiritib "Real"ni turnirdan chiqarib yuborgan edi. Ikkala uchrashuvdagi hisob esa yakunda 5:5 ko'rinishida qolgandi.

5

Toq yil

"Real Madrid" klubi Chempionlar Ligasi yangi sistemaga o'tgandan keyin ya'ni hozir UEFA Champions Legauega aylanganidan so'ng 5 marta chempionga aylangan bo'lib. "Real" chempionlikni qo'lga kiritgan yillarga qarasak, 1998-yil "Yuventus", 2000-yil "Valensiya", 2002-yil "Bayer Leverkuzen" va "Atletiko" 2014 va 2016. Ko'rib turganingizdek "Real Madrid" bu turnirda faqat juft yillarda chempion bo'lib kelmoqda.

Italyanlarning yili

Chempionlar Ligasi yangi formatga o'tganidan so'ng italyanlar har 7 yilda chempionga aylanishmoqda. 1995/96-yil "Yuventus" Yevropaning eng nufuzli turnirda zafar quchgan bo'lsa, oradan 7 yil o'tib 2002/03-mavsumda "Milan" bu ishni uddaladi. Yana oradan 7 yil o'tib 2009/10-yili "Inter" Joze Mourinyo orqali bu musobaqada g'olib bo'ldi. Albatta, orada 2007-yil "Milan" yana bir bor bu turnirni yutdi, ammo turli xil jamoalar 7 yillik vaqtdan so'ng g'alaba qozonib kelmoqda.

Forma

Binafsha rang - madridliklarning so'nggi "tuzoq" bo'lishi mumkin. Ushbu formalarda "Real" mavsumda mehmonda o'tkazilgan 2 ta o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi ("Valensiya" va "Sevilya").

 

BestMaster
1 Iyun 2017, 23:59
final, oldidan, madrid, uchun, qopqon,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 modrij  
Bu tuzoqlar shunchaki statistikalar barcha statistika qachonlardir o'zgaradiku Real bu ishni bu yil amalga oshirmoqchi
2 Iyun 2017, 12:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads