Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. “Real” uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Ispaniya chempionatining 16-tur qoldirilgan o'yinidan o'rin olgan “Leganes” – “Real” uchrashuvi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 16-tur qoldirilgan o'yinidan o'rin olgan “Leganes” – “Real” uchrashuvi yakuniga etdi. O'yin Zineddin Zidan shogirdlarining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.

O'yinning dastlabki daqiqalarida “Leganes” hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi, Teo Ernandes darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarish harakatida tepmoqchi bo'ldi, ammo qaytarilgan to'pni Bustinsa golga aylantirib kutilmaganda hisobni ochdi.

Oradan 5 daqiqa o'tib, Vaskes Kazemironing uzatmasidan so'ng hisobni tezkorlik bilan tenglashtirdi. 29-daqiqada “Real” yana gol urdi. Bu safar Vaskesning uzatmasi orqali Kazemiro jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'limda boshqa gol kuzatilmadi.

Ikkinchi bo'limni yulduzlarsiz o'tkazayotgan “Real” iloji boricha qarshi hujumlarda raqibni jazolamoqchi bo'ldi. Ketma-ket hujumlar natijasida o'yinning 90-daqiqasida jarima maydonchasiga yorib kirgan Kovachichga qo'pollik ishlatildi va yuzaga kelgan penaltini jamoa sardori Serxio Ramos aniq amalga oshirib, Ronaldusiz o'ynagan “qirollik klubi”ni “Leganes” bilan o'yinda o'yindagi g'alabasi taminladi. Shu tariqa, “Real” safarda g'alaba qozonib, Ispaniya chempionatidagi ochkolar sonini 48 taga etkizib, uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

La Liga, 16-tur.

Leganes – Real Madrid 1:3.

Gollar: 1:0 – 6 Bustinsa, 1:1 – 11 Vaskes, 1:2 – 29 Kazemiro, 1:3 – 90, penalti Ramos.

Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas (Mantovani, 46), Pires, Gumbau (Peres, 46), Eraso, El-Jar, Ramos (Amrabat, 72), Bovyu.

Real Madrid – Kasilya, Varan, Teo, Karvaxal, Ramos, Kazemiro, Kovachich, Isko (Lorente, 87), Vaskes, Asensio, Benzema (Beyl, 76).

Ogohlantirishlar: Riko (51), Ramos (57), Kuelyar (85), Peres (86).

BestMaster
22 Fevral 2018, 00:40
liga, “real”, uchinchi, oringa, kotarilib, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Jonipay1987  
Яхши булди реалга бундан кейинги уйинларга омад
22 Fevral 2018, 00:49
mrshoxjahon
 mrshoxjahon  
Realga omad u har doim yutaversin
22 Fevral 2018, 06:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads