Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» qoldirilgan o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi

Madridning “Real” klubi bugun, 21 fevral kuni Ispaniya chempionatining 16-tur doirasida “Leganes”ga qarshi qoldirilgan o'yinda maydonga tushadi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi bugun, 21 fevral kuni Ispaniya chempionatining 16-tur doirasida “Leganes”ga qarshi qoldirilgan o'yinda maydonga tushadi.

“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zineddin Zidan mazkur uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo'lgan 18 nafar futbolchi ro'yxatini e'lon qildi.

E'tiborli tomoni, Zidan EChLda PSJga qarshi uchrashuv oldidan jamoa etakchilari Ronaldu, Kross va Navas kabi futbolchilarni asrashga harakat qildi.  Shuningdek, qaydnomaga, jarohati sabab Marselo hamda Luka Modrichlar ham kiritilishmagan.

Quyida “Real”ning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar: Kasilya, Luka Zidan.

Himoyachilar: Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi.

Yarim himoyachilar: Kasemiro, Lorente, Asensio, Isko, Kovachich, Sebalos.

Hujumchilar: Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Ma'lumot uchun, “Leganes” – “Real” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da start oladi.

BestMaster
21 Fevral 2018, 21:10
«real», qoldirilgan, oyin, uchun, kengaytirilgan, tarkibni, elon, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Jonipay1987  
Нима булса хам ютсин энди
21 Fevral 2018, 21:19
 Bosqinchi  
Agar yutsa 3 o'ringa chiqvoladi omad realga !Hala Madrid
21 Fevral 2018, 21:30
 Jonipay1987  
Нима булса хам ютсин энди
21 Fevral 2018, 21:33
 odilcr7  
Yoshlar uzini kursatadi
21 Fevral 2018, 22:18
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads