Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Irodali jamoa ekanimizni yana bir marta namoyish qildik»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (5:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (5:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«G'alaba qozonganimizdan juda ham xursandman. Raqibimiz kuchli jamoa edi va bu erda o'ynash og'ir. O'yinni juda yaxshi boshladik, lekin keyin o'z o'yinimizni yo'qotdik. Bunday paytda o'zimizni yaxshi his qilmaymiz.

Ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik, ko'p hujum qildik. Futbolchilarimizning mahorati har qanday raqibga muammo yaratadi. Ikkinchi bo'lim qiziqarli kechdi. Asensio va Vaskesning o'yiniga munosib baho berish kerak.

Irodali g'alaba shuni anglatadiki, bizda xarakter bor va o'yinni o'zgartira olish qobiliyatiga egamiz. Barchasini birgalikda qilsak, natija bo'ladi, raqibga qiyin bo'ladi. Ikkinchi bo'limda shunday bo'ldi. Endi chorshanba kuni bo'ladigan navbatdagi o'yin («Leganes» bilan) oldidan biroz dam olamiz. Keyin harakatlanishda davom etamiz.

Bugungi o'yin dahshatli bo'ldi, hisobda quvlashmachoq o'ynadik. Bu esa menga yoqdi. Biz haqiqatan ham o'ynadik. «Betis» ajoyib futbol namoyish qildi, so'nggi yarim soatda ustunlikka erishdi. Hakamning final hushtagi yangraganidan keyin o'yindan qoniqish hosil qildim.

Vaskes va Asensio o'ynagan paytda, ular ko'proq qora ishlarni bajarishadi. Ular buni juda yaxshi eplashyapti. Raqib bizga muammo yaratishi mumkinligini ular yaxshi bilishadi. Ular bugun juda muhim ishni amalga oshirishdi», – dedi Zidan.

BestMaster
19 Fevral 2018, 08:49
zidan, «irodali, jamoa, ekanimizni, yana, marta, namoyish, qildik»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Jonipay1987  
vaskesni gapirma Zidan
19 Fevral 2018, 09:42
 Bosqinchi  
Vaskes jamesga o'xshab ketvotti
19 Fevral 2018, 11:30
 League  
Xa tugri zizi
20 Fevral 2018, 08:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads