Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "PSJ"ga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutamiz, ammo juda qiyin bo'ladi

Зидан: "С нетерпением ждём встречи в Париже, но будет очень сложно"

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "PSJ"ga qarshi uchrashuvdan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.

"Bugun ajoyib kecha bo'ldi. Biz natijadan qoniqdik. Jamoam dastlabki daqiqadan to yakungacha ajoyib harakat qildi, to'pni nazorati bizda edi. Javob o'yinidan oldin yaxshi natija va biz baxtlimiz. Qilgan mexnatlarimizdan so'ng biz bu g'alabaga loyiq edik. Muxlislar ham g'alabada muhim ro'l o'ynadi."

Chempionlar Ligasida "Real"ning ishtiroki haqida:

"Klub 12 marta Chempionlar Ligasini yutgan va buni barcha biladi. Biz yana bir bor buni isbotlamoqchimiz. Biz to'p bilan yaxshi muomila qildik va to'psiz ham. Chempionlar Ligasi bu klubning yuragida yotadi. Endi javob o'yiniga e'tibor qaratamiz".

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Agarda biz Ronaldu haqida gapiradigan bo'lsak, bu murakkab. Men har doim uni qo'llab-quvvatlayman. Siz hech qachon uni katta o'yinlarda yo'qolib qolganini ko'rmaysiz."

Isko haqida:

"U maydon markazida katta ishni qildi va fenomenal o'yin ko'rsatdi. Isko jamoaning "kaliti". Uchrashuv yakunida biz sxemani o'zgartirishga majbur edik. Uchrashuv yakunini Lukas va Asensio xal qildi, Garet ham hujumlarda faol bo'ldi."

Hakamlar haqida:

"Men hakamlar haqida gapirmayman. Biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik, lekin javob o'yin juda qiyin bo'ladi".

Marselo haqida:

"U ajoyib tarzda himoyalandi va hujumlarda faol bo'ldi. Biz barcha futbolchilardan qoniqdik."

BestMaster
15 Fevral 2018, 23:20
zidan, psjga, qarshi, oyinni, sabrsizlik, bilan, kutamiz, ammo, juda, qiyin, boladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 League  
Hech qachon psg ga qiyint buladi
16 Fevral 2018, 09:07
 uzbrm  
Ha Zidan shogirdlari zor oyin korsatdi
16 Fevral 2018, 12:13
 uzbrm  
6 chi mart kuni ham shunday o'yin kutib qolamiz
16 Fevral 2018, 12:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads