Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» irodali g'alabaga erishdi

Barcha futbol muxlislari orziqib kutgan to'qnashuv bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Barcha futbol muxlislari orziqib kutgan to'qnashuv bo'lib o'tdi. "Real" va "PSJ" jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlandi.

Madridliklar ilk daqiqalardan katta kuch bilan oldinga tashlangan bo'lishsa, Emeri shogirdlari tartibli himoyalanishga va imkon bo'lishi bilan oldinga o'tishga harakat qilishdi.

Bahsning 28-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Marselo o'ng qanotdan oldinga o'tdi va narigi tomonda ochilayotgan Ronaldu tomon aniq uzatma berdi. "PSJ" posboni Alfons Areola yakkama-yakka vaziyatda Krishtianuning zarbasini yuzi bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Dastlabki yarim soat davomida "Qirollik klubi" mehmonlar darvozasi tomon katta bosim uyushtirgan bo'lsa-da, hisobni ochish frantsiyaliklarga nasib etdi. Mbappe o'ng qanotdan 2 nafar "Real" futbolchisidan o'tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Neymar tovoni bilan to'pni bo'sh turgan Raboga qoldirdi va Adrien 12 metrlardan darvozani ishg'ol etdi.

Oradan ko'p o'tmasdan hisob tenglashishi mumkin edi. Aniqrog'i, bunga "PSJ" himoyachisi Lo Selso raqibga bunday imkoniyatni "sovg'a" qildi. Krishtianu jarima maydonchasi ichida undan to'pni olib qo'ydi, ammo darvoza sari aniq zarba bera olmadi. Javob hujumida esa omad "qaymoqranglilar" tomonida bo'ldi. Neymar "Real" jarima maydonchasiga kirib borib, Kavanini to'p bilan ta'minladi. Urugvaylik futbolchining zarbasidan keyin to'p Kazemironing oyog'iga tegib, ustun yonidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'lim tugashiga 2 daqiqa qolganida "Madrid" yaxshi hujum tashkil qildi. Marselo chap qanotdan uzatgan to'pga Benzema jarima maydonchasi chizig'i ustidan zarba berdi. Burchakka borayotgan to'pni Areola bir amallab qaytardi. Burchak to'pi o'yinga kiritilganidan keyin mezbonlar penalti ishlashga muvaffaq bo'lishdi. Toni Kroos chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotganida elkasida Lo Selsoning qo'lini his qildi va yiqildi. Hakam esa 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Darvozabon Ronaldu tomonidan berilgan zarba yo'nalishini topdi, ammo kuchli zarbani qaytara olmadi.

Ikkinchi bo'limda "Pari Sen-Jerman" juda kuchli boshladi. Dastlab Neymarning uzatmasidan keyin Mbappe jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Keylor Navas jamoasini goldan qutqardi. Oradan ko'p o'tmasdan Alvesning sa'y-harakatlari evaziga tashkil etilgan hujum paytida Rabo 11-12 metrlardan zarba berdi. To'p Ramosning bilagiga tegib qaytdi.

Umuman olganda, "PSJ" ikkinchi taymning dastlabki 35 daqiqasida katta ustunlikka ega bo'ldi. Bahsning 72-daqiqasida burchak to'pini o'yinga kiritilganidan keyin Kimpembe yaqin masofadan zarba berdi, ammo Ramos zarba yo'liga o'zini tashladi. Oradan 3 daqiqa o'tib mehmonlar juda qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Verratti chap qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Mbappe va Alves yaqin masofalardan to'pni darvozaga burib qo'yishga biroz kech qolishdi.

Zidan zaxira kuchlarini maydonga tashlayu, dastlabki o'yin taqdirini o'z tomoniga og'dirdi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 7 daqiqa qolganida "Real" hisobda oldinga chiqib oldi. Asensio jarima maydonchasining chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon unchalik xavfli bo'lmagan uzatma berdi. Darvozabon qaytargan to'p himoyachi orqali Ronalduning tizzasiga tegdi va to'rga borib tushdi.

Oradan ko'p o'tmasdan yana o'sh qanot va yana o'sha Asensioning uzatmasini Marselo "PSJ" darvozasiga joylab qo'ydi. Yuzaga kelgan rekoshet Areolani chalg'itib qo'ydi.

Shu tariqa, "Real" dastlabki o'yinda o'zi uchun juda qulay hisobda g'alaba qozondi. Javob o'yini 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final, dastlabki o'yin
Real Madrid Ispaniya – PSJ Frantsiya 3:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 33 Rabo, 1:1 – 45, penalti Ronaldu, 2:1 – 83 Ronaldu, 3:1 – 86 Marselo.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 79), Isko (Asensio, 79), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 68).
PSJ – Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Lo Chelso (Draksler, 84), Rabo, Neymar, Mbappe, Kavani (Mene, 66).
Ogohlantirishlar: Neymar (14), Lo Chelso (25), Isko (32), Rabo (64), Nacho (78), Mene (90).

BestMaster
15 Fevral 2018, 02:50
«real», irodali, galabaga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 Jonipay1987  
Хаммаси шунчаки дахшат
15 Fevral 2018, 02:59
 Toni_Kroo  
Oxirgi 10-minutdan so'ng Real yahshi uyin koorsatdi
15 Fevral 2018, 03:01
 Toni_Kroo  
Chunki Asensio va Vaskes Bale lar kegan edi
15 Fevral 2018, 03:02
 Toni_Kroo  
Olgaa Real va Ronaldo
15 Fevral 2018, 03:03
uuuuuuuu
 uuuuuuuu  
Зеданга гап йук
15 Fevral 2018, 03:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads