Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Emery: Bizni oldinda Yevropaning amaldagi chempionlari kutmoqda

"PSJ" klubi bosh murabbiyi Unai Emery bugun uchrashuv oldidan press-konferensiyada qatnashdi.

"Ertanggi o'yin oldidan - bizda ko'p narsani isbotlashga imkon bor. Bizni oldinda Yevropaning amaldagi chempionlari kutmoqda, "Real" 12 karra ushbu turnirning g'olibi. Har doim kuchli raqiblar bilan to'qnashish yoqimli. Raqibga qaraganda o'zimizni kuchli deb o'ylashning o'zi noto'g'ri bo'ladi.

Biz bu o'yinga Parijda tayyorgarlik ko'rdik, ammo biz butun tayyorgarliklarni ushbu turnir uchun amalga oshirardik. "Real" - Chempionlar Ligasining tarixining eng yaxshi jamoasi. Biz "Real"ning har bir futbolchisini xurmat qilamiz. Ishonchim komil, mening futbolchilarim ham o'zining kuchli jihatlarini bu o'yinda ko'rsatadi. Biz bu o'yinni yutishga tayyormiz.

Chempionlar Ligasi yutish murakkab bo'lgan turnir. Men Parijga keldim va bunday uchrashuvlarda qatnashishni boshladim, kuchli futbolchilar bilan ishlamoqdaman. Men har doim bunday o'yinlarda ishtirok etishni xohlaganman. Ertaga "Real" eng kuchli tarkibini tashlaydi. Chunki bu "Real", ularning maqsadi g'olib bo'lish. BBC triosi uchrashuvni ilk daqiqalardan maydonga tushishi mumkin, ammo butun uchrashuv maydonda bo'lmaydi.

Men Neymardan qoniqmoqdaman, uni mening jamoamda ekanligidan xursandman. "PSJ" rahbarlariga Neymarni Ronaldu bilan almashtirmasliklarini so'radim. Neymar ham kuchli futbolchi, unda ham yetarlicha tarix bor".

BestMaster
14 Fevral 2018, 18:00
emery, bizni, oldinda, yevropaning, amaldagi, chempionlari, kutmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Уйла мегел уйла
14 Fevral 2018, 20:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads