Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Iskoning o'yinlarini yoqtiraman va uni butun faoliyatini "Madrid"da o'tkazishini xohlayman

Зидан: "Обожаю Иско и хочу, чтобы он до конца жизни был в "Мадриде"

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Sosedad" bilan o'yin oldidan:

"Biz yaxshi futbol ko'rsatib g'alaba qozonishni xohlaymiz".

Ispaniya Kubogining qayerda o'tkazilishi haqida:

"Bernabeu"da o'tkaziladimi yo'qmi buni klub xal qiladi. Men faqatgina bo'lajak o'yin haqida bosh qotiryapman. Menga jamoa bilan ishlash yoqadi. Hozircha hammasi biz xohlagandek bo'layotgani yo'q".

"PSJ" bilan o'yindagi imkoniyatlar haqida:

"Men imkoniyatlarimiz ulardan yuqori degan fikrdan yiroqman.Hech kim chorshanba kuni nima bo'lishini bilmaydi. Biz g'alaba qozonishni xohlaymiz, ammo hozir "Real Sosedad" haqida o'ylagan ma'qul".

Isko haqida:

"Men Iskoni o'yinlarini yoqtiraman va uni butun faoliyati davomida "Real"da qolishini xohlayman. U va men haqimizda berilayotgan xabarlar OAV yolg'oni".

Isko bilan oralarida nima bo'lganligi haqida:

"Boshqa futbolchilar haqida nima deb o'ylaysiz? Siz menda Isko haqida so'rayapsiz, bungacha Asensio haqida, hattoki Sebalyos haqida ham shunday savollar bo'lgan edi. Biz - bir jamoamiz va butun jamoa bo'lib harakat qilishimiz kerak".

Benzema haqida:

"Karim har doimgidek katta bosimda qolgan. Biz barchamiz bir kemadamiz va barchamiz yaxshi tushinib turubmiz, har bittamiz har daqiqada jamoaga muvaffaqiyat olib kelishimizni tushinishimiz kerak".

Karvaxalning diskvalifikatsiyasi haqida:

"Nacho uning o'rnini egallashga tayyor. Dani diskvalifikatsiyasi haqida nima deyishim mumkin, men u haqida o'z fikrimni o'zimda qoldiraman, chunki mening fikrim hech narsani o'zgartirmaydi".

Ronalduning o'yini haqida:

"Ronalduda bu safar har qachongidanda motivatsiya yuqori.  U katta o'yinlarda qanday o'ynashni biladi. Barchamiz ko'rganmizki Ronaldu muhim o'yinlarda ma'sulyatni o'z zimmasiga olib o'ynaydi".

BestMaster
10 Fevral 2018, 07:19
zidan, iskoning, oyinlarini, yoqtiraman, butun, faoliyatini, madridda, otkazishini, xohlayman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 antimadrid  
ko'rdik barca bilan o'yinda
10 Fevral 2018, 16:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads