Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zinedin Zidan: «Joriy mavsum ko'proq qulashga yuz tutyapmiz»

«Real» Ispaniya kubogi chorak finalida kamtarin «Leganes» oldida ojiz qolgach, Zayniddin Zidan ustida suza boshlagan qora bulutlar yanada quyuqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» Ispaniya kubogi chorak finalida kamtarin «Leganes» oldida ojiz qolgach, Zayniddin Zidan ustida suza boshlagan qora bulutlar yanada quyuqlashdi.

Frantsiyalik mutaxassis aynan «Qirol kubogi»dagi muvaffaqiyatsizlikka to'xtalib, chindan ham, «Madrid»ga yarashmaydigan natija qayd etilganini tan oldi.

«Real» ustozi shuning barobarida doimgidek, ishonch bilan gapirdi: «Jamoam hozirgi holatni yaxshi tomonga o'zgartira oladi. Xususan, ChLda yana g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz».

- Sizningcha, futbolchilar sizga pand berishmayaptimi?

- Yo'q, bunday fikrlash noo'rin. Albatta, natija birinchi o'rinda turadi va hozirgi holatimiz ishlarimiz yaxshi ketmayotganidan dalolat. Aslida futbolchilar harakat qilishyapti, maydonda bor kuchlarini sarflashyapti, biroq ba'zan hammasi sen o'ylagandek tus olmaydi.

Har qanday holatda ham, kurashishdan to'xtamaymiz. Ha, joriy mavsum parvoz emas, qulashga ko'proq yuz tutyapmiz.

Muhimi, hozirgi holatdan saboq olsak, bas. Zero, oldimizda o'yinlar hali ko'p, jumladan, muhimlari ham.

- Tanqidlarga munosabatingiz qanday? Ular haqqoniymi?

- Tanqidning adolatli yoki adolatsiz ekanligi xususida savol qo'yish noto'g'ri, menimcha.

Harqalay, har kim o'z fikrini bayon etish huquqiga ega. Men esa murabbiy sifatida imkon qadar yuqorilash orzusi yo'lida izlanaveraman. Bugungi futbol talabi shu.

Tabiiyki, «Qirol kubogi»dan tushib ketganimiz o'zimga ham juda og'ir botdi. Binobarin, hammasi shunday omadsiz tus olishini sira kutmagandim. Lekin unutmaslik kerak, og'riqli mag'lubiyatlar - futbolning ajralmas qismi.

Demak, muvaffaqiyatsizlikni to'g'ri qabul qilishdan o'zga chora yo'q. Taskin beradigan tomoni, oxirgi kungacha g'alaba orzusida ishlashimni hech kim taqiqlab qo'yolmaydi.

Qaytaraman, hozir barchamiz xafamiz. Xususan, futbolchilar tushkun holatda, axir ularning bunday mag'lubiyatlarni hazm qilishlari mushkul...

- Xo'sh, ayni payt «Madrid»ni qanday muammolar qiynamoqda?

- Jamoa g'alaba qozonolmayapti - bosh muammo shu. Albatta, bu avvalo, menga taalluqli masala: ehtimolki, futbolchilarni talab darajasida shaylantirolmayotgan, ularga o'yinning muhimligini anglatolmayotgandirman. Aslida yuzaga kelgan holat haqida o'ylayverish ham yaxshi emas.

Muhimi, bu jamoa bilan barchasini izga sola olishimizga ishonaman. Balki «Real»ning ijobiy jihatlarini ko'rayotgan yagona insondirman, ammo bu gaplarni o'zimni ruhlantirish uchungina aytayotganim yo'q.

Shunchaki, o'yinga bog'liq ijobiy holatlarni yaqqol sezyapman. Faqat ularni yanada yaxshilash va qayta-qayta takrorlash haqida bosh qotirish kerak.

- Umuman, hozirgi muammolarni bartaraf etib, klubni yana yorug' yo'lga olib chiqishingizga ishonasizmi?

- Aynan shu maqsadda ishlayapmiz: har bir o'yinda ijobiy natija qayd etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Ishonamanki, ertaga g'alaba keladi, o'z holatimizni to'g'rilaymiz. Umuman, bu imkonsiz ish emasligini barchamiz yaxshi bilamiz.

- Deylik, «Leganes» bilan o'yinda jamoaga nima etishmadi?

- Raqib ikkinchi golni urgach, qandaydir bo'shliqni his qildik va hisobni o'zgartirolmadik. Demakki, «Leganes» bizni kuchli ishtiyoqi evaziga dog'da qoldirdi.

- Ko'rinishidan, sizdagi ishtiyoq futbolchilarga ta'sir o'tkazmayapti?

- Yo'q, bunday emas. Agar shunday o'ylaganimda, ertagayoq iste'foga chiqardim.

Shunchaki, har kimning hayotida og'ir davr ham kuzatiladi. Qaytaraman, menda vaziyatni o'zgartirish ishtiyoqi kuchli va bu ish qo'limdan kelishiga shubhalanmayman.

- Jamoangiz shu holatida ChLda g'alaba qozonishi mumkinmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
7 Fevral 2018, 13:10
zinedin, zidan, «joriy, mavsum, koproq, qulashga, tutyapmiz»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 asensio12  
Zidanning gaplari tuppa tugri.Lekin kuproq odam sotib olganda bunday bulmas edi.
7 Fevral 2018, 13:48
 odilcr7  
Kuproq odammas yaxshi fudbolchilar olish kerak
7 Fevral 2018, 18:35
 Jonipay1987  
Яхши фудболчи сотиб олишмас яхши уйинчиларни уйнатиш керак
7 Fevral 2018, 23:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads