Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidandan navbatdagi superzarba! Bu safar futbolda emas... (video)

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning o'yinlarini ko'rgan muxlislar borki, uning qoyilmaqom zarbalarini yaxshi eslaydi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning o'yinlarini ko'rgan muxlislar borki, uning qoyilmaqom zarbalarini yaxshi eslaydi. Evropa chempionlar ligasi finalida «Bayer» darvozasiga urgan goli, jahon chempionati finalida Italiya terma jamoasi himoyachisi Marko Materatstsining ko'kragiga boshi bilan yo'llagan mashhur «zarbasi»...

Bu ro'yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin, ammo Zidanning navbatdagi zarbasi «avvalgilarga o'xshamas». Uning bilyard stolida namoyish etgan mahorati shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashdi.

Videotasvirda bilyar o'ynayotgan ota-bola kutilmaganda Zidanni uchratib qolgani ko'rinadi. O'g'lining «dada, qarang, Zizu» degan so'zlaridan so'ng ota Zidandan o'g'li uchun master-klass o'tkazib berishni so'raydi.

Zidan bitta zarba bilan etti sharni luzaga tushiradi. O'z davrining mohir futbolchisi va ajoyib murabbiyning bilyarddagi zarbasi futbolda urgan supergollaridan qolishmaydi. Videoni tomosha qiling va o'zingiz ham bunga ishonch hosil qiling.

BestMaster
5 Fevral 2018, 17:19
zidandan, navbatdagi, superzarba!, safar, futbolda, emas, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Зидан шунчаки афсона
5 Fevral 2018, 21:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads