Ispaniyaning ABC nashri xabariga ko'ra Madridning "Real" klubi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning maoshini ko'tarmoqchi. Hozirgi paytda Ronaldu yiliga 21 mln yevro maosh oladi (bonuslar bilan 25 mln), yangi shartnomaga ko'ra esa u "PSJ" hujumchisi Neymar kabi 30 mln yevro maosh oladi.
Bu orqali "Qirollik klubi" stabil o'yin ko'rsata olmayotgan futbolchiga hali hamon ishonishini ma'lum qildi. Yangi shartnoma mavsum yakunida imzolanadi.