Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” jahon tranfser bozoridagi rekordni yangilaydi

Madridning “Real” klubi joriy mavsum yakunida tarkibni kuchaytirish uchun 570 million evro sarflashni rejalashtirgan.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi joriy mavsum yakunida tarkibni kuchaytirish uchun 570 million evro sarflashni rejalashtirgan.

Madridliklar 200 million funt (228 mln evro) evaziga “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirgan. Xuddi shu miqdorga “Chelsi”dan Eden Azar xaridi amalga oshirilishi kutilmoqda.

Har ikki transfer xaridi ham dunyo futbolida rekord ko'rsatkich bo'ladi. Ma'lumki, braziliyalik futbolchi Neymarning “Barselona”dan o'tishi PSJga 222 mln evroga tushgan va aynan shu transfer jahon futbolidagi yagona rekord hisoblanadi.

Bundan tashqari, madridliklar “Manchester Yunayted” klubidan David De Xeani “Real”ga o'tishi uchun 100 mln funt (114 mln evro) taklif etishni rejalashtirishgan.

Bosh murabbiy Zinedin Zidanning “Real”dagi o'rnini esa “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettino egallashi ehtimoli katta.

Ma'lumot uchun, “qirollik klubi” Ispaniya La ligasining 21-turidan so'ng, 38 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi. Zidan shogirdlari o'tgan yil La liga, Evropa Chempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqalarida g'olib chiqishgandi.

Ammo yangi mavsum Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga unchalik omad keltirmayapti. Chunki, ular o'z maydonlarida eng asosiy raqobatchi “Barselona”dan 0:3 hisobida engilishdi.

Ustiga-ustak 4 oylik tanaffusdan keyin safar o'yinida g'alaba qozonishdi. Albatta, bu natija “qirollik klubi” uchun qoniqarli emas.

BestMaster
31 Yanvar 2018, 12:00
“real”, jahon, tranfser, bozoridagi, rekordni, yangilaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 odilcr7  
Realda har doim eng yaxshilar uynagan
31 Yanvar 2018, 14:09
 sarvardo7  
Super transfer
31 Yanvar 2018, 14:12
 Jonipay1987  
Туппа тугри трансфер буларди. Азардан ташкари манимча Азар шартмас
31 Yanvar 2018, 21:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads