Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» yirik hisobda zafar quchdi

Ispaniya La ligasining 21-turi doirasida markaziy bahs bo'lib o'tdi. "Valensiya" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 21-turi doirasida markaziy bahs bo'lib o'tdi. "Valensiya" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi. Ochko yo'qotishga haqi qolmagan madridliklar muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Zidan shogirdlarining sa'y-harakatlari birinchi bo'limda 2 marta samara berdi. Hakam "Valensiya" darvozasi tomon ikki marta penalti belgiladi va Krishtianu Ronaldu ulardan unumli foydalandi. Tanaffusga qadar "ko'rshapalaklar" nafaqat hisobni qisqartirishlari, balki muvozanatni tiklashlari mumkin edi. Kondogbiya tomonidan yo'llangan kuchli zarbani Keylor Navas ajoyib seyv bilan qaytargan bo'lsa, Rodrigo yaqin masofadan bo'sh darvozani ishg'ol eta olmadi.

"Valensiya" futbolchilari ikkinchi bo'limda ham bosimni davom ettirishdi. Ularning urinishlari 59-daqiqada o'z samarasini berdi.  Burchakdan etkazilgan uzatmani Santi Mina bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Oradan ko'p o'tmasdan Navas jamoasini muqarrar goldan qutqardi! Mezbonlar qisqa paslar orqali ajoyib kombinatsiya tashkil qilishdi. Parexo 14 metrlardan zarba yo'lladi. Keylor oyog'i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Bahsning so'nggi daqiqalariga kelib mezbonlar charchab qolishdi shekilli, "Real" tashabbusni o'z tomoniga oldi va ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.  Merselo Asensio bilan devor o'ynab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba berdi. Neto oyoqlari orasida to'pni o'tkazib yubordi. Kroos ham raqib jarima maydonchasi tashqarisida Kovachich bilan "devor" o'ynab olib, aniq zarba bilan darvoza burchagiga to'pni joylab qo'ydi. Golning ajoyibligi shundaki, Kovachich uzatmani tovonib bilan bergandi.

Ushbu g'alaba keyin "Real" o'z ochkolarini 38taga etkazib oldi. Zidan jamoasi qoldirilgan o'yin g'alaba qozonsa, hozirda 40 ochkoga ega bo'lib turgan "Valensiya"dan o'tib ketadi.

Ispaniya La ligasi, 21-tur
Valensiya – Real Madrid 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 16, penalti Ronaldu, 0:2 – 38, penalti Ronaldu, 1:2 – 58 Santi Mina, 1:3 – 84 Marselo, 1:4 – 89 Kroos.
Valensiya – Neto, Garay, Toni Lato (Pereyra, 77), Montoyya, Gayya, Koklen, Parexo, Gonsalu Gedesh (Soler, 46), Kondogbia, Santi Mina, Rodrigo (Dzadza, 75).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Modrich (Kovachich, 88), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 69), Ronaldu, Benzema (Asensio, 78).
Ogohlantirishlar: Beyl (52), Gayya (60), Varan (63), Karvaxal (71), Parexo (87).

BestMaster
27 Yanvar 2018, 22:29
liga, «real», yirik, hisobda, zafar, quchdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads