Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan barcha aybni o'z zimmasiga oldi

.
- Yuklab olish

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Kubogi chorak finali doirasida Madridda kechgan va 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan «Leganes»ga qarshi o'yindan keyin fikrlarini bildirib o'tdi. U bu mag'lubiyat va jamoaning turnirni tark etishida barcha aybni o'z zimmasiga olishini aytgan.

«Ko'rinib turibdiki, bu mening shaxsiy muvaffaqiyatsizligim. Bu natija uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman. Bizning bugungi o'yinimizni yaxshi o'yin deb bo'lmaydi, biz o'z futbolimizni namoyish etmadik, ayniqsa birinchi bo'limda keragidek harakatlana olmadik. Bu jamoaning barcha futbolchilari uchun og'ir oqshomdir.

Biz mag'lubiyatni tahlil qilamiz, birinchi navbatda men. Axir bu mag'lubiyatda men aybdorman. Bizda vaziyatni to'g'rilash uchun 90 daqiqa bor edi, amm biz buni qila olmadik.

Endi ertangi kun haqida o'ylashimiz kerak, ishlashda davom etishimiz kerak. Shanba kuni bizni navbatdagi uchrashuv kutmoqda», — deya frantsiyalik mutaxassisning so'zlarini keltirgan Marca.

BestMaster
25 Yanvar 2018, 10:20
zidan, barcha, aybni, zimmasiga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 1525  
He qovunlar
25 Yanvar 2018, 10:28
realchi_7
 realchi_7  
Айбни оласанамда
25 Yanvar 2018, 11:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads