Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tushunish qiyin. «Real» Ispaniya kubogidan chiqib ketdi

Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida kutilmagan natija qayd etildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida kutilmagan natija qayd etildi. "Real"ning "ketmoni" ushbu musobaqada ham "uchmadi". Zidan shogirdlari safarda "Leganes"ni 1:0 hisobida mag'lub etganiga qaramay, o'z maydonida ushbu jamoaga yutqazib, musobaqani tark etishdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida mezbon himoyachilarining xatosidan keyin Eraso to'pni egallab oldi va 22 metrlardan ajoyib zarba bilan Kasilya qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'lim boshida Benzema o'tkir burchak ostida bo'lishiga qaramay, yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalanishga muvaffaq bo'ldi.

Oradan ko'p o'tmasdan hisob 1:2ga etkazdi. Burchakdan etkazilgan uzatmani Pires bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. O'yin oxiriga qadar "Real" ixtiyorida kamida 35 daqiqa vaqt bo'lsa-da, ular hisobni o'zgartira olishmadi. "Leganes" darvozaboni 2-3ta vaziyatda qahramonlik ko'rsatganini ta'kidlash lozim.

Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra hisob teng bo'lgan bo'lsa-da, safarda urilgan gol qoidasiga ko'ra "Leganes" yarim finalga chiqdi.

Shuningdek, "Valensiya" ham Kubokdan chiqib ketishiga bir baxya qoldi. "Ko'rshapalaklar" "Alaves" maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Valensiyada o'tgan dastlabki o'yinda mezbonlar shunday hisobda g'olib chiqishgandi. Qo'shimcha bo'limlarda hisob o'zgarmagan bo'lsa, penaltilar seriyasida "Valensiya" g'alaba qozondi — 3:2.

Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqqan 3ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi — "Sevilya", "Valensiya", "Leganes". To'rtinchi jamoa nomi bugun oqshom bo'lib o'tadigan "Barselona" - "Espanol" bahsidan keyin ma'lum bo'ladi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o'yinlari
Alaves – Valensiya 2:1 (0:0, 2:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo'yicha - 2:3
Gollar: 1:0 – 73 Munir, 1:1 – 77 Santi Mina, 2:1 – 86 Sobrino.
Alaves – Sivera, Laguardia, Duarte, Agirregabiria, Eli (Demirovich, 85), Ibai Gomes (Munir, 72), Pina, Torres, Pedrasa, Sobrino, Gvidetti (Peres, 72).
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Gayya, Montoyya, Gabriel (Garay, 23), Maksimovich (Santi Mina, 77), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Vetto (Rodrigo, 59), Dzadza.
Ogohlantirishlar: Torres (48), Maksimovich (50), Ruben Vezu (61), Pedrasa (66), Kondogbia (79), Munir (80), Parexo (85), Gonsalu Gedesh (93), Pina (96), Duarte (97), Santi Mina (103).
Dastlabki o'yin: 1:2

Real Madrid – Leganes 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 31 Eraso, 1:1 – 47 Benzema, 1:2 – 55 Pires.
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Teo, Xakimi (Karvaxal, 68), Ramos, Isko (Mayoral, 77), Lorente (Modrich, 69), Vaskes, Kovachich, Asensio, Benzema.
Leganes – Shampan, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas (Mantovani, 58), Brashanats, Pires, Eraso, El-Jar (Naranxo, 80), Amrabat (Raul Garsiya, 70), Bovyu.
Ogohlantirishlar: Tito (27), Shampan (75), Ramos (80).
Dastlabki o'yin: 1:0

BestMaster
25 Yanvar 2018, 07:10
tushunish, qiyin, «real», ispaniya, kubogidan, chiqib, ketdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 mmmmmm  
Sababi oddiy zidanga isp kubogi kerakmas.
25 Yanvar 2018, 07:21
 odilcr7  
Peris nima derekan shunisi qiziq.
25 Yanvar 2018, 07:56
 shaxamedic  
vay blen kasilya naxuy kere edi bilat kot qivotti bu zidan odamni kuchli tarkibni tashash kere edi
25 Yanvar 2018, 07:58
 shef  
zidan out
25 Yanvar 2018, 08:51
 Jonipay1987  
Аник зиданни хатоси модрич, карвахал,бейл асосийда тушиш керак эди эх афсус
25 Yanvar 2018, 09:13
 realmadrid01  
Peresni bilmadimku lekin zidaning gapi tayor top darbozaga kirishni xoqlamadi biz maglubiyatka munasib emasdik shogirtlarimi qullab quvatlayman bizda hali imkon bor benzemaga til tikizman deydi
25 Yanvar 2018, 10:06
realchi_7
 realchi_7  
Зидани кал калласини копток килиб тепиш карак бу кал атайин килябди
25 Yanvar 2018, 10:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads