Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

O'zbekistonda "Real Madrid" futbol maktabi ochiladi

Avval ma'lum qilinganidek, ayni paytda Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.

.
- Yuklab olish

Avval ma'lum qilinganidek, ayni paytda Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga asosan "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi ochiladigan bo'ldi.

Undan tashqari "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish bo'yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.


Shuningdek, yurtimizdagi iste'dodli bolalarni "Real" Madridga olib borish, "Qirollik klubi" tomonidan tashqil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta'minlash bo'yicha ham kelishuvga erishildi.

"Real Madrid" Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini o'zbekistondagi futbol klublarida ham qo'llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha hamkorlik qilinadi.

BestMaster
22 Yanvar 2018, 19:10
ozbekistonda, real, madrid, futbol, maktabi, ochiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 Jonipay1987  
Дахшат янгилик реал дунйода тенгсиз эди энди Узбекистонда хам тенгсиз буларканда
22 Yanvar 2018, 20:59
criroking
 criroking  
Wu özbekiston ham öwa dunyoga kiradiyu yoki özbekiston bowqa dunyomi?
22 Yanvar 2018, 21:57
 uzbrm  
Zo'r hush habarku
22 Yanvar 2018, 23:20
 uzbrm  
Biz kutgan kunlar keldi
22 Yanvar 2018, 23:23
 sarvardo7  
Zurku gap yoq ranaldo trener bub kelursin
23 Yanvar 2018, 14:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads