Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Bu g'alaba «Real»ga juda kerak edi»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Deportivo»ga qarshi o'yin (7:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Deportivo»ga qarshi o'yin (7:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Juda yaxshi o'yin bo'ldi. So'nggi paytlarda yuz bergan omadsizliklardan keyin nihoyat bugungi o'yin quvontirdi. Jamoaga bu g'alaba kerak edi. Men xursandman.

Himoyada juda ishonchli harakat qildik. Endi bizga g'alabali o'yinlar seriyasi kerak. Navbatdagi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak.

Isko zaxirada qoldi? Siz doimo menga g'alati savollar berasiz. Isko – biz uchun muhim o'yinchi. U ko'p o'yinlarda maydonga tushdi. Men tarkibni tanlash qaror qabul qilishim kerak. Bu oson ish emas. Bu mening vazifam.

Benzemaning sha'niga hushtakbozliklar haqiqatan ham futbolchiga ta'sir ko'rsatadi. Men buni tushunaman, lekin, shu bilan birgalikda, ijobiy narsalarni ham e'tirof etish kerak. Bunday holatlar ro'y bermasligi uchun biz g'alaba qozoinishimiz kerak.

Ishimiz yaxshi ketayotganida ham, unchalik yurishmayotganida ham muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashlarini istardim. Men bu stadionda o'ynaganman va hushtakbozlik nima ekanini yaxshi bilaman», – dedi Zidan.

BestMaster
22 Yanvar 2018, 00:39
zidan, «bu, galaba, «real»ga, juda, kerak, edi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 realmadriduz  
Zizu biz sen bilanmiz qanday vazita bolishdan qatiy nazar real bolib qolamiz
22 Yanvar 2018, 05:40
 Jonipay1987  
Яхши ю лекин бенземани узида хам озгина айб бор ишлашай куйган.
22 Yanvar 2018, 08:26
 uzbrm  
G'alaba hamamizga kearak edi
23 Yanvar 2018, 00:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads