Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. “Real” “Deportivo”dan alamini oldi

Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Real” Madrid hamda “Deportivo” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Real” Madrid hamda “Deportivo” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

Gollarga boy o'yinda 7:1 hisobi qayd etilib, madridliklar yirik g'alabaga erishishdi.

Dastlab, o'yinning 23-daqiqasida mehmonlar oldinga chiqib olishgandi, ammo “Real” shunga qaramay, xavfli hujumlarni uyushtirishda davom etdi va 32-daqiqada maqsadiga etdi. Nacho gol muallifi. Shundan so'ng “qirollik klubi” o'yinda yana oltita gol urdi. Modrich bitta gol urgan bo'lsa, Beyl, Nacho va Ronaldular dubl muallifiga aylanishdi.

Zineddin Zidan shogirdlari mazkur g'alabadan so'ng, Ispaniya La ligasida bitta kam o'yin o'tkazgan holda 35 ochko bilan 4-o'ringa qaytdi.

La Liga. 20-tur.

Real Madrid – Deportivo 7:1 (2:1, 5:0)

Gollar: 0:1 – 23 Adrian, 1:1 – 32 Nacho, 2:1 – 42 Beyl, 3:1 – 58 Beyl, 4:1 – 68 Modrich, 5:1 – 78 Ronaldu, 6:1 – 84 Ronaldu, 7:1 – 88 Nacho.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Modrich (Kovachich, 76), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 82), Ronaldu, Mayoral (Benzema, 64).

Deportivo – Martines, Sher, Luizinyu, Xuanfran, Aldo One, Moskera (Eksposito, 48), Gilerme, Borxes (Cholak, 54), Adrian, Peres, Andone (Xil, 79).

Ogohlantirishlar: Andone (38), Peres (56).

BestMaster
21 Yanvar 2018, 22:19
liga, “real”, “deportivo”dan, alamini, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 el_kapitano  
ikkinci davrada realdan faqat wunday g'alabalar kutib qolamiz
22 Yanvar 2018, 14:05
 realfcnet  
Real madrid omad
23 Yanvar 2018, 21:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads