Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Keynni jahonning eng qimmat futbolchisiga aylantirishi mumkin

«Real» hamon «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni qo'lga kiritish borasida bosh qotirmoqda.

.
- Yuklab olish

«Real» hamon «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni qo'lga kiritish borasida bosh qotirmoqda.

Mazkur mavsum so'ngida madridliklar 24 yoshli futbolchi uchun 200 million funt (226 mln evro) to'lamoqchi. Ushbu transfer amalga oshsa, Keyn jahonning eng qimmat futbolchisiga aylanadi. Hozir bu borada rekord «Barselona»dan «PSJ»ga o'tgan Neymarga tegishli bo'lib turibdi (222 mln. evro).

Londonliklar prezidenti Deniel Levi nafaqat Xarri Keynni, balki jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni saqlab qolmoqchi. Ushbu mutaxassisga ham "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ammo hozircha futbolchi va murabbiy bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlanmadi. «Tottenxem» hozirda Kristian Eriksen, Dele Alli, Son Xyon Min va Tobi Alderveyreld bilan shartnomalarni uzaytirish borasida ish olib bormoqda.

Keynning shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan va u hozirda haftasiga 110 ming funt haftalik maosh olmoqda. "Shporlar" uning maoshini 200 ming funtga ko'tarmoqchi.

Pochettino – APLning eng kam maosh oluvchi murabbiyi hisoblanadi. Uning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.

BestMaster
21 Yanvar 2018, 08:39
«real», keynni, jahonning, qimmat, futbolchisiga, aylantirishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 realmadriduz  
Olish kerak
21 Yanvar 2018, 12:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads