Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning opasi unga ochiq xat yozdi

"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Kati Aveyru futbolchini qo'llab-quvvatlagan holda unga ochiq xat bitdi.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Kati Aveyru futbolchini qo'llab-quvvatlagan holda unga ochiq xat bitdi.

"Senga aytmoqchi bo'lganim, shular, Krishtianu.

Sen ko'zlari yoshga va orzularga to'la 12 yoshingda Lissabonga kelganingda, ular seni Madeyradan kelgan navbatdagi oddiy bola deb o'yladilar. Besh yildan kamroq vaqt ichida "Sporting" jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanding.

Sen asosiy tarkibda birinchi o'yinlaringni o'tkazganingda, ular seni navbatdagi o'zini o'ylaydigan texnik deb o'yladilar. Bir necha oydan so'ng "Manchester Yunayted"ga yo'l olding.

Angliyaga o'tganingda, ular seni bor-yo'g'i istiqbolli o'yinchi deb o'yladilar. Olti mavsumda 118ta gol urding.

Seni "Real" sotib olganida, ular seni futbolka sotishda foydalanish uchun nom deb atadilar. 2009 yildan boshlab 418 ta o'yinda 422 ta gol urding va klubning deyarli barcha rekordlarini o'rnatding.

2008 yilda birinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganingda, ular "shu bilan bo'ldi" dedilar. Ammo sen yana to'rt marta yutding.

Portugaliya termasi sardori bo'lganingda, ular seni navbatdagi xarizmasiz va etakchilik ruhi yo'q oddiy sardor deb atadilar. 2016 yilda Evropa chempionati kubogini boshi uzra ko'targan birinchi portugaliyalik bo'lding.

Hozir esa, o'zga sayyoralik kabi ikki-uch o'yinda gol urolmasang, ular seni faoliyatini yakunlashga yaqin qolgan navbatdagi o'yinchi deb atamoqdalar. Tashvishlanma. Eyfel minorasida sovriningni qo'lda tutib, jilmaysang, yoki navbatdagi hal qiluvchi golni ursang, yoki navbatdagi rekordni o'rnatsang, ularning diqqatini jalb qilasan, va albatta qarsak chalishga majbur qilasan.

Bechora odamlar. Ularda bori shu", - deb yozadi Kati Instagramda.

BestMaster
17 Yanvar 2018, 16:40
ronalduning, opasi, unga, ochiq, yozdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Anas  
ronalduga Hudo kuch qudrat bergin ronalduga omad
17 Yanvar 2018, 17:27
criroking
 criroking  
Juda ham tasirli gaplar.
17 Yanvar 2018, 17:53
 uzbrm  
Ana ruxiy dalda qatta ajoyib va juda tasirli so'zlar
17 Yanvar 2018, 18:28
 Furyjocking  
Opa busa wunde bosa bu xar qande rekorddan zorroq dada boldi
17 Yanvar 2018, 18:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads