Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ketma-ket EChLni yutishni «Real» uddalaydimi?

Bu sarlavhaning davomi sifatida "Yuve" va Buffonga nihoyat EChL g'olibligi nasib etadimi?" deb qayd etsak xato bo'lmaydi.

.
- Yuklab olish

Bu sarlavhaning davomi sifatida "Yuve" va Buffonga nihoyat EChL g'olibligi nasib etadimi?" deb qayd etsak xato bo'lmaydi. Chunki "Real" ham, "Yuventus" ham EChLni yutishni juda-juda xohlashmoqda. Biri nihoyat bosh sovrinni ketma-ket yutishni istayotgan bo'lsa, birovi esa EChL finallaridagi omadsizliklarga nihoyat nuqta qo'ymoqchi.

Ko'hna qit'aning birinchi raqamli musobaqasida ketma-ket g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar anchagina. Masalan, "Real"ning o'zi qatorasiga 5 marta bu sovrinni o'ziniki qilgan. Keyinchalik "Benfika", "Inter", "Ayaks", "Bavariya", "Liverpul", "Nottingem Forest", "Milan" kabi jamoalar bu musobaqada ketma-ket g'alaba qozonishni uddalashgan.

1989/1990 yillar mavsumida "Milan" qatorasiga 2 marta EChL bosh sovrinini yutdi. Ana shundan beri hech bir jamoaga ketma-ket g'oliblik nasib etmayapti. 1994 yilda g'oliblikni qo'lga kiritgan "Milan" bir yil o'tib, finalda "Ayaks"ga yutqazdi. Oradan bir yil o'tib finalda "Ayaks"ga Italiyaning boshqa bir grandi- "Yuventus" ro'baro' keldi. "Keksa sinyora" amaldagi g'olibni ketma-ket sovrin yutishiga imkon bermadi. Oradan yana bir mavsum o'tib bu safar "Yuventus"ga ketma-ket g'oliblik nasib etishi mumkin edi. Ammo finalga qadar barcha raqiblarni ishonchli tarzda mag'lub etib kelgan "Yuve"ni bu safar Dortmundning "Borussiya"si to'xtatib qoldi.

Ana shunday qilib bir yil oldin bosh sovrinni o'ziniki qilgan jamoaga bu yilisiga finalda juda qiyin bo'lyapti. "Yuventus" shu paytga qadar 8 marta EChL finalida o'ynagan. Shundan 6 tasini boy bergan. Yana bitta qiziq fakt: "Yuventus" g'olib bo'lgan yillarida "Liverpul" va "Ayaks"ni yutgan. Agar "Liverpul" va "Ayaks" o'shanda "Yuve"ni mag'lub etishganda, ular bosh sovrinni ketma-ket yutardilar. Ana endi "Real" ham EChLning amaldagi g'olibi sifatida "Yuve"ga qarshi maydonga tushmoqda. Ko'ramiz, "Real" "Liverpul" va "Ayaks" uddalay olmagan vazifani uddalay olarmikan.

Bu jamoalar, ya'ni "Real" va "Yuventus" 1998 yil EChL finalida o'zaro to'qnash kelishdi. O'shanda "Yuventus"ning etakchilaridan biri sifatida maydonda to'p surgan frantsiyalik Zineddin Zidan ayni damda "Real"ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Sobiq jamoasiga qarshi Zidan qanday usullar o'ylab qo'ygan ekan?

1998 yilgi final haqiqatan ham shiddatli kechdi. Jamoalar maydonning har bir qarich eri uchun kurash olib borishdi. 32 yil muqaddam EChLni oxirgi marta yutgan "Real" baribir maqsadiga etdi. 66-daqiqada braziliyalik Roberto Karlosning sehrli zarbasi rekoshet holatidan to'g'ri "Real" hujumchisi Predrag Miyatovichning oyog'iga kelib tushdi. Serbiyalik futbolchi osongina darvozabonni aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi. O'shanda kimlar maydonga tushgani bilan tanishing:

EChL-2017/2018, final
Amsterdam. "Amsterdam Arena", 20.05.1998 y. 48 500 tomoshabin
"Real" Madrid - "Yuventus"- 1:0
Gol: Miyatovich (66)
Hakam: Gelmut Krug (Germaniya)
"Real Madrid": 25.Bodo Illgner, 17.Kristian Panuchchi, 5.Manuel Sanchis (S), 4.Fernando Yerro, 3.Roberto Karlos, 6.Fernando Redondo, 27.Kristian Karambyo, 10.Klarens Zeedorf, 7.Raul (11.Xose Emilio Amaviska 90), 15.Fernando Morentes (16.Xayme 82), 8.Predrag Miyatovich (9 Davor Shuker 89).
Zaxiradagilar: 1.Santyago Kanisares, 19.Fernando Sans, 20.Savio, 18.Viktor Sanches del Amo
Bosh murabbiy: Yupp Xaynkes
"Yuventus": 1.Anjelo Perutstsi (S), 3.Moreno Torrichelli, 4.Paolo Montero, 15.Mark Yuliano, 7.Anjelo Di Livio (20.Alessio Takkinardi 46), 22.Janluka Pessotto (18.Daniel Fonseka 71), 14.Dide Desham (8.Antonio Konte 78), 26.Edgar Davids, 21.Zayniddin Zidan, 9.Filippo Indzagi, 10.Alessandro Del Pero.
Zaxiradagilar: 12.Mikelanjelo Rampulla, 6.Dimash Teysheyra, 15.Alessandro Birindelli, 16.Nikola Amoruzo
Bosh murabbiy: Marchello Lippi

O'sha finaldan keyin bu jamoalar yana 4 martadan EChL o'yinlarida bir-biriga qarshi maydonga tushishdi. Madridning "Real" jamoasi uchun noqulay raqib bo'lgan "Yuventus" bu o'yinlarning 3 tasida g'alaba qozondi. Shuningdek, "Yuventus" ketma-ket 4 ta finaldan beri imkoniyatni boy bermoqda. "Real" esa 1998 yilgi finaldan keyin yana 4 marta bu musobaqada g'alaba qozondi. Endi esa deyarli uddalab bo'lmaydigan vazifa — EChLni ketma-ket yutish vazifasini uddalashi kerak. Nima bo'lganda ham Ispaniya va Italiyaning joriy yildagi chempionlari o'rtasida ajoyib finalni ko'rishimiz aniq. "Milleneum"da ko'rishguncha ...

Safarali Siddiqov

BestMaster
29 May 2017, 09:54
ketma-ket, echlni, yutishni, «real», uddalaydimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 2422  
Xudo xoxlasa real ECHL 2marta yutgan jamoa böladi, olg'a gallaktikos
29 May 2017, 12:12
Nosirov
 Nosirov  
Real chempion boladi inwolloh.
30 May 2017, 07:37
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads