Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mariano Dias: «Ikardi va Keyndan ustunligim? Kanteranoman»

«Real»ning asosiy tarkibidan joy olishga ko'zi etmay, «Lion» safiga qo'shilgan yosh hujumchi Mariano Dias Frantsiyadagi debyut mavsumida o'ta samarador o'yin ko'rsatmoqda.

.
- Yuklab olish

«Real»ning asosiy tarkibidan joy olishga ko'zi etmay, «Lion» safiga qo'shilgan yosh hujumchi Mariano Dias Frantsiyadagi debyut mavsumida o'ta samarador o'yin ko'rsatmoqda.

«To'quvchilar»ning sovrinli o'rinlarga da'vo qilishayotganida ham dominikanlik iqtidor sohibining ulushi sezilarli.

- Mariano, yozda ixtiyoringda 20tadan ortiq taklif bor edi. Qiziq, aynan «Lion» variantini ma'qul topganingning asosiy boisi nima?

- Ochig'i, Lakazett «Lion» bilan xayrlashgach, Zidan shu jamoaga o'tishni maslahat berdi. O'ylashimcha, unga quloq tutib, to'g'ri qildim - ayni kerakli pallada ajoyib jamoa safidan joy oldim. Qarorimdan bag'oyat mamnunman.

- Xo'sh, Zidan bu variant mohiyatini qanday tushuntirgandi?

- U avvalo, yangi jamoada etakchi hujumchiga aylanishim zarurligini uqtirib, shu asnoda yanada yuqoriroq saviyaga ko'tarilish imkoniyatiga ega bo'lishimni ta'kidladi. Mana, Zidanning aytganlari amalga oshyapti. Harqalay, «Lion»ning chempionat doirasidagi barcha uchrashuvlarida maydonga tushyapman.

- Darhaqiqat, mavsumning birinchi yarmida ajoyib statistika qayd etding - 19ta o'yin, 13ta gol. Demak, Liga 1ning eng yaxshi to'purari bo'lishga urinib ko'rishing mumkin.

- Hozircha bosh goleador maqomi mendan ancha olisda. Muhimi, barcha gollarim jamoaga imkon qadar qo'l kelsa, bas.

- Bolalikda kimlarga kumir sifatida qaragansan?

- 3 nafar buyuk hujumchiga - Ronaldo, Ronaldino va Eto~O.

- Ko'pchilik «Tuluza»ga qarshi kechgan bellashuvda simulyatsiya evaziga penalti ishlaganingni ta'kidladi. Bunday fikrlar seni ranjitmadimi?

- Yo'q. Chunki simulyatsiya ishlatmagandim. Raqib ochiqchasiga qo'pollik qilganidan keyin beixtiyor yiqildim.

- Avvalgi mavsum deyarli maydonga tushmagan bo'lsangda, hozir juda yaxshi sport formasidasan. Bunga qanday erishding?

- Ha, o'ynamadim, ammo har kuni tajribali futbolchilar bilan birga shug'ullandim. Bu bebaho tajriba.

- Shunday ekan, «Madrid»da qolib, joriy mavsum ko'proq amaliyotga ega bo'lishga urinishni o'ylamadingmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
14 Yanvar 2018, 19:29
mariano, dias, «ikardi, keyndan, ustunligim?, kanteranoman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
criroking
 criroking  
Adminlarimiz ham real kabi passiv böp ketdila. Eski habarku bu!!!
14 Yanvar 2018, 20:07
Mehmon
uzr
14 Yanvar 2018, 20:23
 Jonipay1987  
Болани омадини берсин яхши гапирибди
14 Yanvar 2018, 21:02
BestMaster
 BestMaster (SV!) 
Sayt yangi serverga o'tkazilmoqda shunga.
14 Yanvar 2018, 21:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads