Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real»ning «ketmoni uchmayapti»

Madridning "Real" klubidan ushbu mavsumda omad qochgan ko'rinadi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubidan ushbu mavsumda omad qochgan ko'rinadi. Zidan shogirdlari "Santyago Bernabeu" yana nafaqat ochko yo'qotdi, balki alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi.

La liganing 19-turi doirasida madridliklar o'z uyida "Vilyarreal"ni qabul qilishdi. Birinchi bo'limda mezbonlar kamida ikkita 100 foizli imkoniyatga ega bo'lishdi. Ammo mehmonlar posboni Asenxo aqlbovar qilmas seyv namoyish qilib, darvoza daxlsizligini saqladi.

Ikkinchi bo'limda "sariq suvosti kemasi" nisbatan ishonchli himoyalandi. Bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida "Qirollik klubi" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Ammo to'pni egallagan "Vilyarreal" tezkor hujumga o'tdi va vaziyatni gol bilan yakunladi. Keylor Navas yakkama-yakka vaziyatda raqib hujumchisining zarbasini qaytargan bo'lsa, Fornals "parashyut" zarba bilan darvozani zabt etdi.

Shu tariqa, "Real" chempionatdagi to'rtinchi mag'lubiyatini o'z hisobiga yozib qo'ydi. "Vilyarreal" esa o'z ochkolarini 31taga etkazib, "Madrid" bilan farqni 1 ochkogacha qisqartirdi.

La liga, 19-tur
Real Madrid – Vilyarreal 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 87 Fornals.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Isko (Vaskes, 70), Kazemiro, Modrich, Kroos, Beyl (Asensio, 70), Ronaldu.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Bonera, Fornals, Rodri Ernandes, Trigeros, Kastilexo (Rukavina, 83), Raba (Cheriishev, 46), Bakka (Unal, 76).
Ogohlantirishlar: Bakka (44), Karvaxal (58), Vaskes (89).

BestMaster
13 Yanvar 2018, 22:29
liga, «real»ning, «ketmoni, uchmayapti»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Izzatbek  
Ketmonini kotiga tikib koyish kerak blat kotlar bitta gol urisholmasaya
14 Yanvar 2018, 01:28
 uzbrm  
Amini yedi
14 Yanvar 2018, 09:13
 uzbrm  
Real
14 Yanvar 2018, 09:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads