Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

«Real» Ronalduni sotishi kerakmi?

Futbol olamida oxirgi paytlarda shunaqa voqealar sodir bo'lyaptiki, «Ilojsiz narsaning o'zi yo'q», degan naql o'z isbotini topmoqda. 

.
- Yuklab olish

Futbol olamida oxirgi paytlarda shunaqa voqealar sodir bo'lyaptiki, «Ilojsiz narsaning o'zi yo'q», degan naql o'z isbotini topmoqda. Neymarning «Barselona»dan 222 mln evro evaziga ketishi, Koutinoning «Barselona»ga kelishi, xullas, bunday shov-shuvli voqealarni istagancha keltirish mumkin. Ana shunday hodisalardan yana biri Ronaldu atrofidagi mojarolardir.

ASLIDA, SABAB NIMA?

Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolab, maoshini sezilarli darajada oshirganidan keyin portugaliyalik futbolchining yuragiga g'ulg'ula oraladi. Go'yoki Ronaldu o'zini kamsitilgandek his qildi. To'g'ri, Messining maoshi unikidan ikki baravar ko'p, ehtimol, xuddi shu omil Krishtianuning g'ashiga tegayotgandir. Biroq oynaning ikkinchi tomoni ham bor.

Birinchidan, Messi va Ronalduning ayni paytdagi darajasi bir-biridan farq qiladi. Messi 30 yoshda, Ronaldu esa 32 yoshni qarshiladi. Tabiiyki, futbolda yosh ham katta ahamiyatga ega. Qanchalik ko'p shug'ullanmasin, baribir, ayni paytda Ronalduning maydondagi imkoniyatlari Messinikidan pastroq baholanadi. Tezligi va bo'yini hisobga olmasa, portugaliyalik yulduzning Messidan ustun jihati yo'q. Messining ustun jihati esa bor — texnika, dribling, jarima zarbalarini ustalik bilan amalga oshirish. Aynan shuning uchun ham Messining maoshi Ronaldunikidan ko'p ekanligini adolatli desa bo'ladi.

Ikkinchidan, Ronaldu bundan ikki yil oldin hozirgi Messining o'yinini ko'rsatardi, ehtimol, undan yaxshiroq o'ynardi ham. U paytda Ronaldu jamoasining har tomonlama — ham jismonan, ham ruhan etakchisi edi. Ya'ni maydonda ham ko'p ishni qoyillatardi, ham jamoasining ruhiyatini ko'tarib turardi. Bugun esa Ronaldu maydonda faqat ruhiy dalda bo'lmoqda, xolos. Kerakli vaziyatlar gollarni qalashtirib tashlaydigan va jamoasining joniga ora kiradigan Ronalduni hozir unchalik topolmayapmiz yo'q. Bu «Selta»ga qarshi o'yinda ham yaqqol bilindi. Krishtianu jamoasining joniga ora kira olmadi.

RONALDUNING O'RNI SUSAYDIMI? davomi

BestMaster
11 Yanvar 2018, 10:20
«real», ronalduni, sotishi, kerakmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 9
 piramida  
Vaqt hamma narsani va har kimni ortda qoldiradi
11 Yanvar 2018, 10:30
 piramida  
Vaqt hamma narsani va har kimni ortda qoldiradi
11 Yanvar 2018, 10:30
 uzbrm  
Ronaldo o'zini ko'rsatadi hali
11 Yanvar 2018, 10:49
 uzbrm  
U formasini tiklaydi
11 Yanvar 2018, 10:51
 uzbrm  
Biz bunga ishonamiz
11 Yanvar 2018, 10:52
 mc_vakhidov  
Ronaldo sotmas kerak bu meni fikrim. Real ucun u brend aylangan
11 Yanvar 2018, 11:39
criroking
 criroking  
Bizga brendlar kerak emas öz iwining ustalari k.k
11 Yanvar 2018, 12:27
Beyl_11
 Beyl_11  
Ranalduni sotkan maqul neymarni kelsa Yaxshi bolardi,bir nimaga erishish uchun bir nimadam voz kechish kerak
11 Yanvar 2018, 13:04
 xatlon  
Роналду дунёда битта сотмаслик кирак у хали кайтади
11 Yanvar 2018, 13:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017