Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

"Real"da inqirozmi? Zidan futbolchilardan e'tiroz eshitdi

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan kubok uchrashuvi oldidan futbolchilar bilan yig'ilish o'tkazdi va ulardan e'tiroz eshitdi.

.
- Yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan kubok uchrashuvi oldidan futbolchilar bilan yig'ilish o'tkazdi va ulardan e'tiroz eshitdi.

Mashg'ulotgacha o'tkazilgan jamoga yig'ilishi 45 daqiqa davom etdi. Unda Zidan futbolchilarni jipslashishga va chempionatdagi ahvolni yaxshilashga undadi. Shuningdek, EChLda "PSJ"ga qarshi qiyin o'yinlarni eslatdi.

Murabbiy yig'ilishda gapirgan ayrim gaplari sir bo'lib qolmoqda. Zidan buni OAV bilan bo'lishishni istamasda, qisqacha sharhlab o'tdi.

"Bunday holatga tushib qolgandan so'ng undan chiqishning yagona yo'li bu - ishlash. Men o'z retseptimning muvaffaqqiyatiga ishonaman. Barcha jabhalarda ishlash kerak, gap faqat jismoniy holatda emas, ruhiy holat ham muhim. Kimgadir loy chaplamayman, kimnidir ayblamayman, hamma bir qayiqda. Bu qayiqni hech kim tark etmaydi" deydi Zidan.


Cadena SERnashri ushbu suhbat haqida ba'zi ma'lumotlarni olgan. Yig'ilishda jamoa etakchilari Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va boshqa ispan futbolchilari o'z fikrlarini aytgan.

Yosh futbolchilar ham o'z dardlarini yashirmaganlar. "Kim ko'p mashq bajarsa - o'sha maydonga tushishi haqidagi gaplar yolg'on bo'lib chiqyapti", - deya e'tiroz bildirgan yoshlar. Yoshlar bu e'tirozni xotirjam tarzda aytganlari ta'kidlanmoqda. Cadena SER ga ko'ra, futbolchilarning biri bu yig'ilishni "Zerikarli va foydasi kam" deb atagan.

BestMaster
10 Yanvar 2018, 19:40
realda, inqirozmi?, zidan, futbolchilardan, etiroz, eshitdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 8
 sarvardo7  
Yaxwi wunday yaxwi kayfiyata davom etamiZ
10 Yanvar 2018, 21:03
 uzbrm  
Kelishivogan bo'lsa yaxshi
10 Yanvar 2018, 23:02
 uzbrm  
Natijasini shanba oqshomida ko'ramiz
10 Yanvar 2018, 23:06
 yodgorbek  
Salom Real Madrid fanatlari man yanggiman bu saytda
11 Yanvar 2018, 03:43
 piramida  
Baribir yangi futbolchi kerak
11 Yanvar 2018, 08:40
 piramida  
Baribir yangi futbolchi kerak
11 Yanvar 2018, 08:41
 1525  
Bu yig'inlarni kuproq utkazib jamoa kelishib olishi k.k
11 Yanvar 2018, 09:07
 srma  
kal harakat qivotdi endi nima qisin yugurib futbol oynab ketmidiyu
11 Yanvar 2018, 09:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017