Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Biz yangi futbolchilarga muxtoj emasmiz

Зидан: "Сейчас я не нуждаюсь в новых игроках"

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan bugungi o'yin oldidan intervyu berib o'tdi.

"Selta" haqida nima deya olasiz?

"La Liganing eng kuchli jamaolaridan biri. Ularda yaxshi futbolchilar bor va biz bilamiz bu yerda g'alaba qozonish murakkab."

"Real"ni Ronaldusiz tasavvur qila olasizmi?

"Yo'q. U - "Qirollik klubi" futbolchisi va faoliyatini shu yerda yakunlashni xohlaydi. Krishtianuni "Real"dan boshqa klubda tasavvur qila olmayman."

Serhio Ramosning jarohati haqida:

"Ko'plab futbolchilarni yo'qotmoqdamiz. Serhio - bizning lider, sardorimiz. U o'zini yomon xis etmoqda va payshanba kuni tekshiruvdan o'tkazildi va natija biz kutgandek bo'lmadi. Biz u bilan tavakkal qilishni xohlamaymiz. Oldin o'yinlar ko'p, mavsum uzoq. Umid qilaman, u uzoq muddatga safdan chiqmadi."

Qaysi pozitsiya kuchsiz deb hisoblaysiz?

"Men futbolchilarimdan qoniqmoqdaman. Men faqat o'z futbolchilarim haqida gapiraman. Biz hech kimga muxtoj emasmiz. "Real" murabbiyi sifatida shuni ayta olamanki men yangi darvozabonga muxtoj emasman, hozir aynan bizga darvozabon kerak emas. Ammo yozda biz rahbarlar va murabbiylar bilan maslaxatlashib bu haqida o'ylab ko'ramiz. So'nggi ikkita qishgi transferlarda biz hech kimni sotib olmadik. 

Men jamoadan hech kimni ketishini xohlamayman. Lekin 31 yanvargacha hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Shunday ekan hozir men transferlar haqida o'ylamayapman, jamoamdan qoniqmoqdaman."

BestMaster
7 Yanvar 2018, 14:30
zidan, yangi, futbolchilarga, muxtoj, emasmiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 9
 xatlon  
Хужумчи олиш кирак хари кеинди ва химоячи давид луизни
7 Yanvar 2018, 14:46
 Crishti  
Albatda olish kerak
7 Yanvar 2018, 14:54
 Crishti  
Ranoldiyam o'yinchimi
7 Yanvar 2018, 14:55
 Crishti  
Hazilashdim zo'r o'yinchi
7 Yanvar 2018, 14:56
 Crishti  
Zidan buncha kacho'klanadi
7 Yanvar 2018, 14:57
 Crishti  
Xatlonning gapiga qo'shilaman kerak bosa o'zigayam
7 Yanvar 2018, 14:59
 messiy  
Bir tarafdan turi gapi realga hozir jamoaviy uyin yetiwmayapti
7 Yanvar 2018, 15:06
 piramida  
Azarni olish kerak
7 Yanvar 2018, 15:47
 fcbuzbeck  
Zidanga uyinchimas parik kerak kal kallaga reamga futbolchi emas treener kerak lattachalar tushunyapsanlami zidanni reami aut bobkettiyu...xuaxaxaxaaaa...
8 Yanvar 2018, 08:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads