Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu: Biz tarixda bu musobaqani ikki marta yutib rekord qo'ymoqchimiz

"Real Madrid" futbolchisi Krishtianu Ronaldu bugungi mashg'ulotlardan keyin "Real Madrid" rasmiy saytiga intervyu berib o'tdi.

"Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish barcha "Real Madrid" futbolchilarining maqsadi. Biz tarixga bu musobaqani ketma-ket ikki marta g'alaba qozongan jamoa sifatida kirmoqchimiz. Bu orzu. Bizni finalda "Yuventus"ga qarshi murakkb o'yin kutib turubdi, ammo - biz "Real Madrid." Bizda g'alaba qozonish uchun yetarli imkoniyatlar bor. Bu finalda xato qilishga ikkala jamoaning ham xaqqi yo'q. Kichik xato hammasini o'zgartirib yuboradi va xato qilgan jamoa mag'lub bo'lishi hech gap emas. Umid qilaman yakunda "Real" g'alaba qozonadi. Ikkala jamoa ham o'ziga qattiq ishonadi va o'zlaridan yuqori saviya kutishmoqda. "Yuventus" - ajoyib jamoa. Ular tasodifan finalga kelib qolmagan. Qo'shimchasiga ular Italiya chempionati va kubogini yutishdi. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash murakkab bo'ladi, xuddi "Atletiko" kabi. Har doim Chempionlar Ligasida 100 ta gol urishni xohlardim. Men buni uddaladim, lekin ancha o'yinlarni golsiz tark etdim. Lekin har doim men o'zimni bu turnida 100 ta gol kiritgan ilk futbolchi bo'lishimni bilardim va buni uddaladim. Buning uchun jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, murabbiylar va muxlislarga ham. Men juda baxtliman. Mening maydondagi pozitsiyam har doim bitta. Ko'pincha menga maydonda erkin harakat qilish yoqadi va buni menga Zidan yaratib berdi. Men hozirda maydonda aniq pozitsiya vakili emasman, qanotdami, markazdami, xullas qayerda kerak bo'lsa o'sha nuqtada bo'laman." - deydi Krishtianu Ronaldu dos Santos Aveyro.

 

BestMaster
28 May 2017, 00:59
ronaldu, tarixda, musobaqani, ikki, marta, yutib, rekord, qoymoqchimiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 2422  
Omad
28 May 2017, 09:02
 _bek_bek_  
malades
28 May 2017, 09:32
 dj0777  
sen eng zo'r futbolchisan qoyil
28 May 2017, 09:42
 babbi  
Biz sеn bn birgа omаd.
28 May 2017, 18:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads