Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mariano: Ikardi yoki Keyndan ustun jihatim? Men kanteranoman

"Lion" hujumchisi Mariano Diaz Marca nashriga intervyu berib o'tdi.

O'tgan yozda sizga 20 ta klubdan taklif bo'ldi. Nega aynan "Lion"ni tanladingiz?

"Zidan menga "Lion"ga o'tishni maslaxat berdi. Lyakazett ketganidan so'ng u yerda yetakchi hujumchi bo'lishimni aytdi. Hozirda esa men jamoadagi vaziyatdan butkul qoniqmoqdaman, qarorimdan ma'mnunman."

Siz 19 o'yinda 13 ta gol kiritidingiz. Siz eng yaxshi to'purar uchun kurashasizmi?

"Menga hozircha eng yaxshi hujumchi bo'lishga erta. Men kiritgan barcha gollar jamoamning maksimal natijasini qayd etishga yordam berishini xohlayman xolos."

Bolalikdagi kumiringiz?

"Ronaldo, Ronaldinyo va Eto'O."

Nazariy jihatdan "Madrid"da qolsangiz bu mavsum ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'larmidingiz?

"Hammasi menga bog'li emasdi. Men qolishni xohladim, biroq rahbarlar ketishimni xohlashdi va bu men uchun eng yaxshi tanlov edi."

Isko, Ronaldu, Benzema, Beyl va Mayoral Primeroda nechta gol urdi, Mariano esa Liga 1 da qancha. "Madrid" hujumchiga muxtojmi?

"Men bunday deb o'ylamayman. Shunchaki, "Madrid"da hozir omadsiz davr, lekin har qanday vaziyatda hamma narsa o'zgarishi mumkin."

Siz "Real"ga qaytishni xohlaysizmi?

"Bu menga bog'liq emas. Albatta, bir kun kelib "Real Madrid"ga qaytsam yaxshi bo'lardi. Ammo hozir faqatgina "Lion"dagi faoliyatim haqida o'ylayapman."

Sizda Ikardi va Keynda yo'q nima bor?

"Mening Ikardi va Keyndan ustim jihatim? Men kanteranoman."

Terma jamoa haqida:

"Men Lopetegidan kelgan maktubni oldim. Har qanday vaziyatda Ispaniya terma jamoasi uchun o'ynashga tayyorman. Dominikan Respublikasi tarkibida bitta o'rtoqlik o'yinda ishtirok etganman. Ammo u paytda menga o'rtoqlik o'yinda maydonga tushishimni taklif qilishdi va men rozi bo'ldim".

BestMaster
5 Yanvar 2018, 12:50
mariano, ikardi, yoki, keyndan, ustun, jihatim?, kanteranoman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 piramida  
Bu xabar yoqmadi manga nervimga tegdi
5 Yanvar 2018, 13:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads