Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

«Qizil guldasta» yoxud Serxio Ramosning barcha qizil kartochkalari

Serxio - ajoyib himoyachi va «Real» tarixidagi bir qator muhim gollar muallifi. 

.
- Yuklab olish

Serxio - ajoyib himoyachi va «Real» tarixidagi bir qator muhim gollar muallifi. Ammo «Madrid» sardorining qizil rangga haddan ortiq oshufta ekanligi ham bor gap.

Mana, u «Atletik»ka qarshi kechgan 14-tur o'yini (0:0)da o'z hisobini yana bitta «qizil» bilan to'ldirib, bu borada Ispaniya La-ligasi mutlaq antirekordchisiga aylandi!

Oddiy aytganda, Ramos Primero doirasida naq 19-o'yinni qizil kartochka tufayli barvaqt yakunlab, allaqachon nafaqaga chiqqan Pablo Alfaro va Xavi Aguado (18 martadan chetlatilgan)dan o'zib ketdi.

Darvoqe, Serxio yoshligida «Sevilya»da aynan «yovvoyi» laqabi bilan tanilgan Alfaro bilan to'qnash kelgan. Shu ma'noda aytsak, Ramos o'z ustozini ortda qoldirishga ulgurdi.

Ikkinchi tomondan qarasak, Pablo butun faoliyati davomida 27ta «qizil» to'plagan. «Real» sardorining barcha turnirlarda to'plagan «qizil guldasta»si esa 24ta «g'uncha»dan iborat.

Ammo shu ketish bo'lsa, u umumiy hisob-kitob bo'yicha ham Alfarodan o'zib ketsa kerak hali... Xullas, antirekord bahona Ramosning «qizil dunyosi»ga birrov nazar solamiz.

{       Ramos «Madrid» libosidagi ilk mavsumda naq 4 marta o'yindan vaqtliroq chiqib ketgan! O'sha vaqt Zidan murabbiy emas, o'yinchi edi.

To'g'ri, Kataloniya poytaxtidagi o'yinda Zizu maydonga tushmagan, ammo u Ramos uchun alohida tarixning boshlanish nuqtasi hisoblanadi - birinchi qizil kartochkani unutish mumkin-mi?

{       Serxio Ispaniya chempionatida ilk marta «qizil» olganidan atigi 10 kuncha o'tib, ChLda ham bu borada o'zini «ko'rsatgan».

{       Ramos «Real» safidagi yubiley 300-o'yinida 14-marta «qizil» olib, klub antirekordini qayd etgan.

{       Serxio bir safar atigi 42 soniya ichida ikki bora ogohlantirilgan va...

{       Qahramonimiz ChL doirasida «Galatasaroy» bilan kechgan bahsning 26-daqiqasidayoq «qizil»ga mubtalo bo'lgan - bu uning eng erta chetlatilishi.

{       Serxio hisobidagi 24ta «qizil»dan naq 5tasi «El-klasiko», ya'ni «Barselona» bilan o'yinlarga to'g'ri keladi.

{          «Real» Ramos maydondan chetlashtirilgan 24ta o'yinda quyidagi statistikaga ega:  11ta g'alaba, 8ta durang, 5ta mag'lubiyat, to'plar nisbati - 50:38.

Serxio Ramos qizil kartochka olgan o'yinlar

№ 1. 18.09.2005. La-liga. «Espanol» - «Real» - 1:0

№ 2. 29.09.2005. Chempionlar Ligasi. «Real» - «Olimpiakos» - 2:1

№ 3. 27.11.2005. La-liga. «Real Sosedad» - «Real» - 2:2

DAVOMI

BestMaster
25 Dekabr 2017, 10:50
«qizil, guldasta», yoxud, serxio, ramosning, barcha, qizil, kartochkalari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 grizmаnfcb  
Ramani turskasiyam qizil bulsa kerak xaxaxaaaa...
25 Dekabr 2017, 15:58
 realsamarkand  
Ramos sen bor ekansan Amsacila yiqilib ami ciqib yururadi maydonda...
25 Dekabr 2017, 18:17
 realsamarkand  
Amsacila Wetalkfootball the dirty of El classico deb goglega poysik bersela Joze va Pep davrlaridegi Classicolar video roligi ciqadi... Uwani videosini skacat qilib korsela Ramos og'ziga sikkan Barça futbolcilarini korasilar yana judayam taxqirlangan Barçani xam korasilaaaa...??????
25 Dekabr 2017, 18:26
 realsamarkand  
Eeee bekor wu manzilni berdim amsacilaga yana videoni korib kozlaringa yow kelmasin biita dastrumolca olib kurila....xaxaxa
25 Dekabr 2017, 18:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017