Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Benzemani har doim himoya qilaman

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi.

"Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik, golga yaqin keldik lekin buni uddalay olmadim. Dastlabki golda bizda jiddiy xatoga yo'l qo'ydik. Men Karvaxal chetlatilmasidan oldin boshqa zahiralarni rejalashtirgan edim. Biz yaxshi himoyalana olmadik. Biz yomon o'yin o'tkazdik, biz yutqizdik. Lekin biz hech qachon qo'limizni pastga tushirmaganmiz. Bizda endi bir hafta dam olish imkoniyati bor. "Madrid" hech qachon taslim bo'lmaydi. 3 ta to'p farqida yutqazish - murakkab davrlar. Biz bunga loyiq emasdik."

Taktika haqida:

"Qarorni men qabul qilaman. Agarda biz 1-bo'limda to'p kiritganimizda o'yin boshqacha tus olgan bo'lar edi. Bu natijaga men javobgarman. Endi bizga ta'til juda zarur. Men qarorimni o'zgartirmoqchi emasman, faqat oldinga intilamiz. Barcha La Liga yakuniga yetdi deb o'ylayapdi, ammo men bunday fikrda emasman. Biz xato qilmadik, bu shunchaki futbol qonuni. Avgustda biz "Barselona"ni ikk imarta yengan edik, endi esa o'zimiz."

Isko haqida:

"Men buni sizlarga tushintirmoqchi emasman. Murabbiy sifatida qarorni men qabul qilaman. Men Kovachichni asosiy tarkibda tushishini xohladim va chetlatishdan oldin Iskoni maydonga tushishini rejalashtirayotgan edim. Men ikkita o'zgartirishni istadim, ammo chetlatish hammasini o'zgartirib yubordi."

Benzema haqida:

"Men har doim o'z futbolchilarimni qo'llab-quvvatlayman. Hozir unda og'ir damlar, barcha uni tanqid qilayapdi, xushtak chalyapdi. Lekin men uni har doim himoya qilaman".

 

BestMaster
24 Dekabr 2017, 00:20
zidan, benzemani, doim, himoya, qilaman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 morata21  
Sotib Ikardni olish kerak
24 Dekabr 2017, 06:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads