Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Valverde: "Avval "Real" bizni yutar edi, endi biz yaxshiroq o'ynadik va g'alaba qozondik"

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi uchrauvdagi g'alabadan so'ng 3:0) fikrlarini bildirdi.

.
- Yuklab olish

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi uchrauvdagi g'alabadan so'ng 3:0) fikrlarini bildirdi.

"Biz juda mamnunmiz, safarda kuchli raqib ustidan g'alaba qozondik. Bu klasiko, juda muhim o'yin. Ispaniya chempionatining birinchi davrasi yakuniga etmagan bo'lsada, oldinda o'yinlar ko'p. Oradagi farq katta, ammo hozir buning ahamiyati yo'q, chunki hali hech narsa hal bo'lmagan.

"Real" birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadi, ular bizni uzun paslar bilan o'ynashga majbur qildilar, ammo biz baribir xavfli vaziyatlar yarata oldik. Ikkinchi bo'limda o'yin tizginini qo'lga oldik va to'pga egalik qildik.

Ikkinchi goldan so'ng ham taktikani o'zgartirmadik hujum uyushtirishda davom etdik. Bu vaqt ichida "Real" son jihatdan teng paytidan ko'ra ko'proq huum qildi. Biz bu vaqtda gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi.

Bugun o'zaro o'yinlarda bir-birini yuta oladigan ikki jamoa o'ynadi. Bizning kuchimiz teng, ammo bu o'yin hamma uchun saboq bo'ldi. Avval ular bizni yutar edi, endi biz ya'shiroq bo'ldik va g'alaba qozondik. Hammasi o'zgarishi mumkin", - deydi Valverde.

BestMaster
23 Dekabr 2017, 20:20
valverde, avval, real, bizni, yutar, endi, yaxshiroq, oynadik, galaba, qozondik,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads