Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La-Liga. “Barselona” mehmonda “Real”ni yanchib tashladi

Bugun, 23 dekabr kuni Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan “Real” hamda “Barselona” klublari o'rtasidagi “el-klasiko” bahsi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Bugun, 23 dekabr kuni Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan “Real” hamda “Barselona” klublari o'rtasidagi “el-klasiko” bahsi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahsda, mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Dastlab, o'yinning 2-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgandi, biroq hakam bu holatda uning offsaydda qolib ketganini ko'rsatdi. Natijada gol inobatga olinmadi.

Jamoalar birinchi bo'limda turli hil xavfli vaziyatlarni golga aylantira olishmadi va ilk 45-daqiqa mana shunday hisobda yakunlandi.

Biroq ikkinchi bo'limda “qirollik klubi”ni kutilmagan sovg'alar kutib turardi.

Jumladan, 54-daqiqada Luis Suares “Real” himoyachilari yo'l qo'ygan xato evaziga hisobni ochdi. 64-daqiqaga kelib, mehmonlar yana navbatdagi xavfli hujumlarini uyushtirishdi.

Oqibatda, madridlik futbolchilar o'z jarima maydonchalarida xatoga yo'l qo'yishdi, Messining yo'llagan zarbasi golga aylangandi.

Biroq bu vaziyatda Dani Karvaxal to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun unga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi. Hakam dastlab, golni inobatga olmadi, ammo “Real” darvozasiga penalti belgiladi.

11-metrlik jarima zarbasini esa Lionel Messi aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Madridliklar esa maydonda bir kishi kam, ya'ni 10 ta bo'lib o'yinni davom ettirishga majbur bo'lishdi.

Shundan so'ng, har ikki jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsata boshladi. Muxlislar futbolchilar tomonidan amalga oshirilgan bir necha hujumlarni tomosha qilishga muvaffaq bo'lishdi.

O'yinning yakuniy lahzalarida zaxiradan maydonga tushirilgan, Aleysh Vidal “Barselona”ning uchinchi golini urib, hisobni yiriklashtirdi va jamoasining chempionlik uchun bo'lgan navbatdagi muhim g'alabasini taminladi.

La-Liga, 17-tur.

“Real Madrid” – “Barselona” 0:3.

Gollar: 0:1 – 54 Suares, 0:2 – 64, penalti Messi, 0:3 – 90 Aleish Vidal.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Beyl, 72), Kazemiro (Asensio, 72), Modrich, Kroos, Benzema (Nacho, 66), Ronaldu.

“Barselona”:     ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Paulino (Andre Gomesh, 84), Serdji Roberto (Aleish Vidal, 90), Buskets, Rakitich, Inesta (Nelson Semedu, 77), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Vermalen (18), Ramos (59), Marselo (83), Buskets (88).

Chetlatish: Karvaxal (63).

BestMaster
23 Dekabr 2017, 19:00
la-liga, “barselona”, mehmonda, “real”ni, yanchib, tashladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 rm87isco  
Haromi zidan sanam sikivordin yoqol maraz benzemanixam birga opket latta fransuzla
23 Dekabr 2017, 19:01
jakk
 jakk  
eeeeeeeee ko't zidan
23 Dekabr 2017, 19:04
 karimov2000  
Tur yokol fransienga zidan benzemani musurga otia yobor
23 Dekabr 2017, 19:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads