Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Xames: "Bavariya"da ko'p yillar o'ynash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman

"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez yangi jamoasi haqida gapirib o'tdi.

"Men bu yerda o'tgan yarim mavsumimdan qoniqmoqdaman. Biz rojdetsvoga yaxshi natijalar ila chiqib ketdik. Umid qilaman keyingi yilda ham yaxshi natijalar bilan yakunlaymiz. "Bavariya"da hammasi joyida. Bu yerda ko'p yillar o'ynash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. "Bavariya" "Real" kabi yuqori saviyadagi klubdir. Ular har doim sovrin yutishga harakat qilishadi. Men uchun "Bavariya" so'zsiz top klub. Menga Myunxen juda yoqdi. Biroz sovuqroq, biroq men yaxshi moslashib ketdim. Bu yerda yangi xayot boshladim", - deydi Xames.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" "Real"dan Rodrigezni 2 yilga ijaraga oldi va shartnomaga ko'ra "Myunxen" 42 mln yevro evaziga uni sotib olish huquqiga ega.

BestMaster
23 Dekabr 2017, 12:20
xames, bavariyada, yillar, oynash, uchun, qolimdan, kelgan, barcha, ishni, qilaman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017