Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Muxlislarning "El Klassiko" haqidagi fikrlar

Afsona va rivoyatlar orasida buyuk to’qnashuvlar haqida ko’plab qissalar mavjud. Bir avlodning buyuk ikki vakili jang maydonida yuzma-yuz kelsa, arenada ikki gladiator hayot-mamot uchun kurashsa, hech bir boshqa davrda u ikki ovlon jangchiga teng keladigani topilmaydi. Tarix zarvaraqlariga buyuk bir voqea yoziladigan kun bu, futbol afsonalari tug’ilgan kun bu. Ushbu kunning o’z nomi bor.  U afsonalar to’qnashuvi deb dillarda doston bo’lgan “El Klassikodir”. Qirollik klubi azaliy raqibi Barselonaga qarshi maydonga tushishadi.  Bu doimo qizg’in kurashga asos bo’lgan. Doim katta o’yinlar yuz bergan.  Ayniqsa bu yerda, “Santiyago Bernabeu” stadionida. Eng zo’r o’yinchilar o’rtasida kurash boshlanadi. Xozirgi kunda bor diqqat e’tibor shu uchrashuvga qaratilgan. Har kimda har xil fikr, har xil qarash hukmronlik qilayabdi desam yanglishmagan bo’laman. Ushbu uchrashuv oldidan Realblancos.uz saytda faoliyat ko’rsatayotgan insonlarni fikrlari bilan qiziqib ko’rdim. Sizlarga shularni havola qilaman.                

El klassiko- bu misoli spektakl. Bu azaliy raqiblar to’qnashuvi. Bunda biz 20 ta dunyoning eng ko’zga ko’ringan mashxur va o’zga sayyoralik ikki yulduz qarama-qarshiligiga guvoh bo’lamiz. Bu o’yindagi siyosiy qarama-qarshilik uchrashuv ko’rkiga ko’rk qo’shishi ta’biy. Jamoalar haqida fikr yuritsak. “Real Madrid” La ligada o’z saviyasida emasligi ko’pchilik muxlislarni havotirga solmoqda. Bosh murabbiy Zinedin Zidanni esa bu umuman havotirga solmayotgandek. Chunki har safar u hali hech narsa boy berilmadi va biz albatta o’z o’rnimizga qaytamiz degan ma’noda intervyu berishdan charchamayabdi. Zinedin Zidanning oldingi mavsumlardagi natijalarini inobatga olsak, biz unga ishonishga majburmiz.   “Barselona” haqida ikki og’iz. Ularda hammasi joyida, judayam yahshi desak ham balki mubolag’a bo’lmas. Chunki ularning natijalaridan buni payqash qiyin emas, Lekin g’alaba “Real”ga qaraganda ularga ko’proq muhimdek mening nazarimda. Sababi so’ngi ikki El klassiko madridliklar foydasiga hal bo’lgani ko’pchilikni xotirasida bor.  Shuning uchun o’yinda  “Real”ga nisbatan “Barselona” ko’proq ishtiyoq bilan harakat qilishini kutayabman.

Davomi...

BestMaster
23 Dekabr 2017, 08:10
muxlislarning, klassiko, haqidagi, fikrlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 rmatolkazver  
Tasirli gaplar
23 Dekabr 2017, 08:48
 xatlon  
Худо хохласа галаба козонамиз мени тахминим реал 5-0 барса реал фойдасига
23 Dekabr 2017, 09:22
 Имомали  
Реал мадрид ютишини хохлайман
23 Dekabr 2017, 09:45
 uz-navoiy  
Omad barsaga! 3:1 barsa foydasiga! 2:2 bo'liwi xam mumkin!
23 Dekabr 2017, 12:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads