Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!
Messi va Ronaldo PSG da!!!

Zidan: Yutish yoki yutqazish muhim emas, eng muhimi chempionlik poygasi davom etaveradi

"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan intervyu berib o'tdi.

Зидан: "Не важно, выиграем мы или проиграем, борьба не будет окончена"

"Tayyorgarlik  yaxshi, biz uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Kuchli raqiblarga qarshi faqat ajoyib o'yin ko'rsatishga urinmoqdamiz. Uchrashuvni kim nazorat qilishi juda muhim. Bu uchrashuv mavsumning eng qiyin o'yinlaridan biri bo'ladi, sababi "El Klassiko" har doim chiroyli va qiyin bo'lib kelgan, shu taraflama ham bizga bu o'yin manzur bo'ladi. Futbolchilarim bunday o'yinlarda ishtirok etishni yoqtirishadi".

Muxlislar haqida:

"Muxlislar bizga qo'shimcha kuch beradi, xuddi "Sevilya" bilan o'yin kabi. Biz yana shunday qo'llab-quvvatlashga muxtojmiz. Ularni uchrashuv boshidan to oxirigacha qo'llab-quvvatlashini xohlaymiz."

"El Klassiko" haqida:

"Bu bizning uchrashuvga bo'lgan xohishimiz, qarashamiz va o'yinni qanday boshlashimizga bog'liq. Agarda biz to'p bilan yaxshi momilada bo'lmasak, muammolarimiz ko'payadi. Ertaga nima bo'lishidan qat'iy nazar biz mavsum uzoq ekanligini bilamiz. Menga chempionlik yo'lakchasi borasidagi mavzu qiziq emas. Menga mening futbolchilarim ertaga "Barselona"ga qarshi qanday o'yin ko'rsatishi muhim."

Ispaniya Superkubogi haqida:

"Superkubog haqida o'ylayotganimiz yo'q. Bu umuman boshqa vaziyat va boshqa o'yin. Raqib juda yaxshi va kuchli. Ularning yaxshi-yomon o'yin ko'rsatishida emas, ular hozirda birinchi o'rinda ketmoqda, bu fakt. Ertaga biz yaxshi o'yin ko'rsatib oradagi farqni qisqartirishga intilamiz."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Unda hammasi joyida va 100% o'yinga tushishga tayyor. Bugun u hamma mashg'ulotlarda qatnashdi va bu hammasidan muhim. Men futboldan uzoqda bo'lgan narsalarga aralashmayman. Krishtianu xurmatga loyiq inson. Bayramdan so'ng u bilan gaplashib olamiz, biroq eng muhimi ertanggi baxs."

Garet Beyl haqida:

"Men har doim o'z futbolchilarimga ishonib kelganman va eng muhimi ular bilan muloqatda bo'laman. Faqat shuni aytishim mumkin, Garet uchrashuvga 100% tayyor. Ammo ertaga maydonga tushadimi yo'qmi buni kuzatamiz."

 

BestMaster
23 Dekabr 2017, 08:10
zidan, yutish, yoki, yutqazish, muhim, emas, muhimi, chempionlik, poygasi, davom, etaveradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 xatlon  
Худо хохласа галаба козонамиз роналдудан пента трек яни 4 гол кутиб коламиз
23 Dekabr 2017, 09:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017